Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi Kenjayev Jahongir Abdisalimovichni Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil/ped. 83.01 raqamli Ilmiy Kengashda 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik xususiyatlari (sport terminlari misolida)” mavzusidagi dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoyua qilganligi bilan tabriklaymiz.

Universitet jamoasi nomidan Jahongir Abdisalimovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati