Tadirlash marosimda TerDu rektori A.Maraximov tadbir qatnashchilarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bayrami bilan barchani tabriklab, tadbirda ishtirok etgan viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining rahbariyati va iqtidorli talabalariga o'z minnatdorchiligini bildirdi hamda tadbirda ishtirok etgan iqtidorli talabalarning ilmiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari haqida o'z fikrlarni bildirdi va ularning kelajakdagi ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng tanlovda qatnashgan 400 nafardan ortiq talabalar orasida tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar diplom hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin uchun 5 000 000 so‘m,
2-o‘rin uchun 3 000 000 so‘m,
3-o‘rin uchun 2 000 000 so‘m.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan har bir yo‘nalish bo‘yicha 20 nafardan, jami 100 nafar talabalar diplom hamda 500 000 so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati