“ICEBERG” oilaviy ko’ngil ochar maskanida Termiz davlat universiteti, “Yoshlar ittifoqi” Kengashi hamda “ICEBERG” oilaviy ko’ngil ochar maskani hamkorligida “Surxon Fashion Day” 2022 milliy liboslar kolleksiyasining namoyishi bo’lib o’tdi.
Tadbir o’zbek xalqining urf-odatlari va an’analariga asoslangan holda yosh avlod ma’naviy tarbiyasini shakllantirish, madaniyatini yuksaltirish, estetik didini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib milliy va zamonaviy ruxdagi, milliyligimizga mos kiyimlarni targ`ib qilishga qaratilgan.
Kolleksiyasining namoyishida yosh dizaynerlarning liboslar kolleksiyasi namoyishi, talabalar ishtirokida musiqiy chiqishlar, eskizlar tanlovi bo’lib o’tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar va g`oliblar taqdirlandi
Bizni kuzatishda davom eting!