O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti talaba-yoshlar o'rtasida konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy savodxonligini oshirish, burch va majburiyatlarini anglatish maqsadida "Konstitutsiya bilimdonlari" viktorinasi va “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovi bo’lib o’tgan edi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:
1-o'rin Bekmurodova Xurshida (Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi);
2-o'rin Mirzoyeva Durdona (O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi);
3-o'rin Hamroqulova Durdona (Yuridik fakultet talabasi).
G'olib bo'lgan talabalar quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin uchun 2 000 000 so‘m;
2-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m;
3-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m.
Bizni kuzatishda davom eting!