O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda universitet rektori A.Maraximov, Surxondaryo viloyati prokurorining o'rinbosari T.Qurbonov, Surxondaryo viloyat sudlari raisi A.Ro'ziqulov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Abdurasulov, prokuror va sudyalar, ichki ishlar xodimlari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllangani ta’kidlandi.

Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib borayotganiga urg‘u berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 45

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 62

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 44

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil