O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-5040-son qarori asosida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta'sirchan targ'ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalar belgilangan.
Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar va talaba-yoshlar o'rtasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asarlarida hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining raisi Q.Rafiqovning "MENING PREZIDENTIM” nomli kitobida bildirilgan Vatanga sadoqat, yurt kelajagiga daxldorlik va yoshlar uchun imkoniyatlarga oid fikr -mulohazalarni o'rganishga bag'ishlangan "Mas'uliyatli kasb egalarimiz" shiori ostida davra uchrashuvi o'tkazildi.