PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Geldiyev Yusuf Allayarovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasi beruvchi PhD.03/30.04.2022.K.78.05 raqamli ilmiy kengashning 02.00.02-Analitik kimyo va 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha «Modifikatsiyalangan silikagel yordamida uglerod (IV)-oksid sorbsiyasining kinetikasi va uning miqdorini gazlar aralashmasidan sorbsion-spektroskopik usulda aniqlash» mavzusida kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz.
Universitet jamoasi nomidan Yusuf Allayorovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!