Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti doktoranti Tojiyev Panji Jovliyevichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03.30.12.2019.T.78.01. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «Modifikatsiyalangan qatlamli silikatlar bilan yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik polimer materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz.
Universitet jamoasi nomidan Panji Jovliyevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!