"Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab -quvvatlashda fuqarolik jamiyati salohiyatini kuchaytirish"

Termiz davlat universitetida "Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab -quvvatlashda fuqarolik jamiyati salohiyatini kuchaytirish" loyihasi doirasida 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet Xotin-qizlar masallari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Hamzayeva, "Ayol va shodlik" NNT rahbari G.Yusupova, OITSga qarshi kurashish markazi tibbiyot xodimi R.Akbarov, N.Quziyeva va R.Kulatovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga turli yuqumli kasalliklarga chalinishni oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘llari, nikohdan oldingi yuridik va psixologik maslahatlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 46

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 64

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 45

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil