Turkiyaning Antaliya shahrida 24-27-noyabr kunlari Turkiya jumhurriyatining 100-yilligi munosabati bilan 4-Turk dunyosi kongressi bo’lib o’tdi. Kongressda 33 ta davlatdan 720 kishi qatnashib, ishtirokchilar diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Kongressda har xil sho'balar tashkil etilgan. Jumladan: Adabiyot sho'basida Anqara universiteti prof. Vali Savash rahbarligida Termiz davlat universitetining O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasidan N.Yo'ldashev, B.Oqbo'tayev, M.Berdimurodova, G.Himmatova, H.Xudoymurodovalar o'z ma'ruzalari bilan qatnashdilar va diplom hamda "Turkiya bilimlar" mukofoti bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzatishda davom eting