Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tyutorlari va Yoshlar ittifoqi hamkorligida oliygohda tahsil olayotgan 1-kurs talabalari o‘rtasida pazandachilik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va Surxondaryolik talabalar qatnashib, o‘z mahoratlarini namoyon etdi.
Yakunda g‘olib bo‘lgan talabalar sertifikat va esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.