Termiz davlat universiteti Rus tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zaripova Matluba Qulfidinovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli ilmiy kengashda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligidan “Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Matluba Qulfidinovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin.
Bizni kuzatishda davom eting!