Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.
Buning uchun:
Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;
plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;
“OTM shartnoma” to‘lovi xizmatini tanlang;
Passport ma'lumotingiz va JSHSHIR raqamingizni kiriting.
kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.
Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.
