Joriy yilning 23-28 noyabr kunlari Hindistonning Puna shahrida bo'lib o'tadigan kurash bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun O'zbekiston terma jamoasi jo'nab ketishdi.

Quvonarlisi, tarkibda TerDUning talabasi Xojar Shapaotova ham bor. Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabasi bo'lgan Xojar musobaqada 57 kg vazn toifasida gilamga tushadi.
Ushbu nufuzli chempionatda delegatsiyamiz a'zolarining barchasiga omad tilaymiz.