Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sanʼatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Termiz shahridagi Sanʼat saroyi binosida Chingiz Aytmatovning "Momo yer" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.
Unda Termiz davlat universitetining tyutorlari va 700 dan ortiq talabalari spektaklni qiziqish bilan tomosha qilishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!