Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Shofiyev, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov hamda volontyor talabalar Termiz shahridagi Jo‘yijangal mahallasida yashovchi Allamanova Aysha opa holidan xabar olishdi.
Bunday eʼtibordan xursand bo‘lgan nuroniy onaxon mehmonlarni yuzida tabassum bilan qarshi oldi va ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi, mehribonchiligidan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etib, yurtimiz tinchligi va barqarorligi abadiy bo‘lsin deb mehmonlarni duo qildi. Ushbu xonadonga universitet volontyorlari tomonidan doimiy ravishda hashar o‘tkazilib yordam beriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!