Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Shofiyev hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov boshchiligidagi ishchi guruh ijarada yashovchi talabalarning shart-sharoiti hamda xavfsizligini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Unda talabalarning yashash sharoiti, hol-ahvolidan xabar olindi hamda ularga is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida ehtiyotkorlik chora tadbirlari haqida tushunchalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!