Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasi erkin tadqiqotchisi Norqobilov Muzaffar Jumayevich Buxoro davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.F.72.08. raqamli Ilmiy kengashda 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Ijtimoiy kapital-milliy hamjihatlikni taʼminlash manbai” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Muzaffar Jumayevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin.