Termiz davlat universitetida “Algebra va analizning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etgan anjumanda “Algebraning zamonaviy muammolari”, “Matematik tahlil masalalari va ularning tadbiqlari”, “Geometriyaning dolzarb masalalari”, “Differensial tenglamalar va matematik fizikaning nostandart masalalari”, “Sun’iy intellekt va neyroto‘rli texnologiyalar”, “Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish, “Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” shoʻbalari bo‘yicha seminarlar tashkil etildi.