2025-yil 24-may (shanba) kuni soat 11:00 da Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchisi Asadova Ra‘no Dilmuratovnaning “Sellyuloza saqlovchi sanoat chiqindilari asosida neft va gaz sohasi uchun burg‘ulash eritmalarining barqarorlovchi reagentlarini olish va texnologik jarayonlarini ishlab chiqish” mavzusida 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti
Ilmiy rahbar:
t.f.d., prof. Murodov Muzaffar Muradovich
Rasmiy opponentlar:
k.f.d., prof. Normurodov Baxtiyor Abdullayevich,
t.f.d., prof. Nomozov Abror Karim o‘g‘li
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Manzil: Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti 2-qavat 202-xona.