“Yashil makon”

Bundan 4 yil oldin Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bugungi kunda umummilliy harakatga aylandi.

Bu ezgu amalning nafaqat targ‘ibotchisi balki ijrochisi bo‘lishda ham peshqadamlikni maqsad qilgan TerDU jamoasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida kampusda va tegishli hududlarida jami 35 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, parvarishiga kirishildi.

Ko‘chat ekish tadbirlari asnosida so‘lim soya-salqin manzillar ko‘lami kengaymoqda. Bundan tashqari odatiylik kasb etgan universitetining "DARBAND" o‘quv amaliyot bazasida ham kuzgi va bahorgi ko‘chat ekish yumushlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda. 

Masalan, kuni-kecha ham "DARBAND" o‘quv amaliyot bazasi hududida universitet ishchi xodimlari tomonidan 7 ming tup nihollar o‘tqazilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 6

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 9

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 23

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil