Darband oʻquv amaliyot bazasi “Yashil makon” dasturi doirasida yanada obod maskanga aylanmoqda

Universitet balansidagi “Darband oʻquv amaliyot bazasi” talabalarning oʻquv amaliyot oʻtashi va ularning taʼtil vaqtlarida ustozlari bilan maroqli xordiq chiqarishiga moʻljallangan maskan hisoblanadi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, bir necha yillardan beri talabalar oʻquv amaliyotlarini ushbu maskanda oʻtashmoqda.

“Yashil makon” dasturi doirasida 2023-yil kuz mavsumida oromgoh hududida kuzgi koʻchat ekish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur togʻli hududda jami 6200 tup (archa daraxti turlari, bodom, yongʻoq, alyandr, burchin, gujum, pavloniya, sosna, mojjevelnik, chinor kabi) mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Sugʻorish inshootlarini yaxshilash, hududda mavsumga mos obodonlashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Kelgusida ushbu maskan yashil hududga aylantirilib, talabalarning oʻquv amaliyotlarini oʻtash va dam olishlari uchun yanada koʻrkamlashtiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 36

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 37

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 38

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil