Termiz davlat universiteti nashriyot bo’limi fevral oyining birinchi haftasida barcha fakultetlar hamda kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarga kitoblar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar chop ettirish bo’yicha xizmatlarini taklif qildi.
Quyidagi o’quv qo’llanmalarining chop etilishida amaliy yordam berildi:
Quyidagi kitoblar tahrir qilindi va nashr ettirish uchun tayyorlandi:
Mazkur ishlar bilan bir qatorda “TerDU ilmiy xabarnomasi” jurnalining loyihaviy Nizomi namunasi ishlab chiqildi va TerDU Kengashiga taqdim etildi. SHuningdek, mazkur jurnalda ilmiy maqolalarning chop etilish tartibi va ularga qo’yiladigan talablar ishlab chiqildi.
Nashriyot bo’limi talabalr orasida ham o’z xizmatlarini taklif qilmoqda. Xususan, TerDU pedagogika fakulteti birinchi kurs talabasi Muborak O’sarovaning “Alpomish” dostoni bo’yicha tadqiqot-maqolalari respublika va xalqaro jurnallarda chop ettirish uchun talab darajasida tahrir etildi.
TerDU nashriyot bo’limining bevosita amaliy yordami bilan Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi pedagogika fanlari nomzodi Yarkin Daniyevaning “Jismoniy tarbiya fanidan nazariy va amaliy mashg’ulot o’quv materiallari” o’quv-uslubiy qo’llanmasi qisqa muddatda bosmadan chiqdi.
Mazkur qo’llanmada gimnastika va ommaviy sport o’yinlarining tarixi, bugungi ravnaqiga to’xtab o’tilgan. Shuningdek, barkamol avlodni tarbiyalashdek ulug’ va davomli jarayonda sport o’yinlarini sermahsul o’qitish usullariga alohida yondoshilgan.
Qo’llanma umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar dargohlarining o’qituvchilari hamda oliy o’quv yurti talabalariga mo’ljallangan.
Qo’llanma “Tafakkur” nashriyotida 7,5 bosma toboq hajmida chop etilgan. Muharrir – T.Mustafoyev, musahhih – N.Qobilova.
Mart oyida TerDU o’qituvchisi Go’zal Ximmatovaning «Ifodali o’qish» nomli o’quv-uslubiy qo’llanmasi nashrdan chiqdi. Mazkur risola 3,25 bosma toboq hajmida bo’lib, notiqlik san’atining tarixi va buguniga bag’ishlangan. Shuningdek, o’zbek va dunyo mutafakkirlarining bu nodir san’at haqidagi fikrlari, ifodali o’qish qoidalari, nutqning tarbiya va man’aviyat targ’ibotidagi ahamiyatiga mufassal to’xtalib o’tilgan. Ushbu kitob o’quv-uslubiy qo’llanma sifatida nashrdan chiqqan, ammo uni keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan risola deyish mumkin.
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti o‘qituvchilari tomonidan yurisprudensiya yo‘nalishi kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Davlat va huquq tarixi” fanidan sayyor dars tashkil etildi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti "Fizika" kafedrasi o'qituvchisi Muminov Baxriddin Saidumarovich Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda
Batafsil
Pekin shahridagi Beijing City University yozgi maktab dasturi talabalarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otdi. 14 kunlik ushbu grant dasturida qatnashish uchun saralash suhbati yakunlandi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti