“Respublikaning oltita hududlarida suv va ekologiya masalalari boʼyicha aholi xabardorligini oshirishga oid chora-tadbirlar”

2021 yil 27 noyabr kuni, Yevropa Ittifoki, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo Mintakaviy Ekologik Markazi va uning Oʼzbekistondagi filiali xamda “Suvchi” Jamoat Birlashmasi bilan birgalikda Yevropa Ittifokining “Oʼzbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barkaror boshkarish” dasturi doirasida “Oʼzbekistonda suv va atrof-muxit masalalari boʼyicha xabardorlikni oshirish hamda xamkorlikni rivojlantnrish” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Termiz Davlat universiteti talabalari uchun “Respublikaning oltita hududlarida suv va ekologiya masalalari boʼyicha aholi xabardorligini oshirishga oid chora-tadbirlar” mavzusida seminar oʼtkazildi.

Termiz Davlat universiteti bilan hamkorlikda mazkur universitet majlislar zalida tashkil etilgan oliy oʼquv yurtlari talabalari uchun “Respublikaning oltita hududlarida suv va ekologiya masalalari boʼyicha aholi xabardorligini oshirishga oid chora-tadbirlar” mavzusidagi seminarda asosan universitetning 5630100 - “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yoʼnalishlarida tahsil olayotgan talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, viloyat “Suvorova” DUK vakili, shuningdek, Suvchi Jamoat Birlashmasi mutaxassislari - xammasi boʼlib 37 ishtirok etdi (Ruyxat ilova qilinmoqda).

Tadbirni Oʼzbekistonda suv va atrof-muhit masalalari boʼyicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish” loyihasining Surxondaryo viloyati boʼyicha konsulьtanti Erkin Jumaev ochdi. U loyihda mutaxassislarini yigʼilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Tadbirdan koʼzlangan maqsadni tushuntirdi, seminarda bayon etiladigan mavzularni qayd etdi. Soʼng seminar ishtirokchilarini qutlash xamda unga oʼz munosabatlarini bildirish uchun “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi mudiri Muxammad Аbramatovga, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professori Xolmat Xurramovich Zokirovga va “Ekosan” xalkaro jamoat fondi Surxondaryo viloyati boʼlimi boshligʼi Shokir Joʼraevlarga szz berdi. Ular yigʼilish ishtirokchilarini qutlashdi va boʼlib oʼtadigan tadbirga oʼz munosabatlarini bildirishdi.

Tadbirning rasmiy qismi tugagandan soʼng soʼz Loyihaning Ekologiya boʼyicha mutaxassisi А. Xoʼjaqulovga berildi. U seminar ishtirokchilariga “Suv—bu xayot sharbati” mavzusida prezentatsiya materiallarini takdim qildi. А.Xoʼjaqulov ushbu prezentatsiyada: yer yuzida suv resurslari, shu jumladan ichimlik suvi miqdori; yer yuzi aholisining ichimlik suv bilan taʼminlanganligi; yer yuzida iqlim oʼzgarshi, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Oʼzbekistonda iqlim oʼzgarishi; kosmosdan olingan surʼatlar asosida, iqlim oʼzgarshining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Oʼzbekiston hududidagi muzliklarga salbiy taʼsiri; iqlim oʼzgarishining sugʼorma dehqonchilikka taʼsiri, tabiatda suvning aylanishi va hozirgi kunda bu aylanish jarayonining buzilishi; Dunyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Oʼzbekistonda aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan suv miqdori; Oʼzbekistonda iqtisodiyot sohalari boʼyicha suvning taksimlanishi; qishloq xoʼjaligiga ajratilgan suv miqdorining aholini oʼsishiga qarab oʼzgarishi; Markaziy Osiyo mamlakatlari va Oʼzbekiston hududida hosil boʼladigan hamda isteʼmol kilinadigan suv resurslari; suv tejash texnologiyalari va ularning. turlari; iqlim oʼzgarshi va suv resurslarini kamayishiga barcha iqtisodiyot sohalarini va asosan aholini moslashtirish tadbirlari va boshqalar toʼgʼrisida maʼlumotlar berdi.

Prezentatsiya nihoyasida berilgan maʼlumotlarni tasdiqdovchi “Suv—xayot manbai” nomli videorolik namoyish etildi. Seminar ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat kilishda va tegishli javoblarni oldi.

Shundan soʼng prezentatsiya navbati “Suvchi” JB Direktorlar Kengashi Raisi, Loyiha rahbari T.Majidovga berildi. U bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri boʼlgan “Qishlok xoʼjaligida suv tejovchi texnologiyalar” nomli prezentatsiyami yigʼilganlar xukmiga xavola etdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasida kalta egatlar bilan, tomchilatib, yomgʼirlatib, gidrogelь granulalaridan foydalanib, tuproq ostidan, egatlarga plyonka tushab va koʼchma egiluvchan plastik quvurlar yordamida sugʼorish usullari toʼgʼrisida maʼlumotlar berilib, lazer moslamalari bilan tekislangan yerlarda tejaladigan suv miqdori haqida maʼlumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, tomchilatib sugʼorishning dunyo mamlakatlari va respublikamiz viloyatlari boʼyicha tatbiq qilinish miqdori, suv tejovchi texnologiyalarni odatiy juyaklar bilan sugʼorish usuli bilan solishtirish; suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni 2025 yilgacha 1 mln. gektargacha tatbiq qilish toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Shundan soʼng respublikada tomchilatib sugʼorish tizimidan foydalanib yutuqlarga erishiyotgan fermerlar hayotidan olingan videolavhalar namoyish kilindi. Namoyishdan soʼng seminar ishtirokchilari guruhlarga boʼlinib suv va ekologiya masalalari boʼyicha fikrlar almashinuvi boʼlib oʼtdi. Seminar davomida Loyiha rahbari T.Majidov yigʼilganlarga “Oʼzbekistan Respublikasida maishiy va sanoat chiqindilari, ularni toʼplash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash” mavzusi boʼyicha materiallar taqdim qildi. Bu materiallarda: chiqindilarni hosil boʼlishi, ularni saqlash, tashish, ishlov berish va yoʼqotish, sogʼlikni saqlashda, atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan samarali foydalanishda va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi ahamiyatiga toʼxtaldi. Chiqindilarni boshqarish sohasida faoliyat yuritayotgan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” Davlat koʼmitasi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, “Uzkommunxizmat” vazirligi Sanoatgeokontexnazorat” agentligi va boshqa tashkilotlar xamda ular oʼz faoliyatlarini Oʼzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, Oʼzbekistan Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi va “Chiqindilar toʼgʼrisidagi qonunlari hamda “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yoʼqotishni nazorat qilish toʼgʼrisida”gi Bazelь konferentsiyasining talablariga asoslangan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining shartlar va qoidalariga asosan olib borishi haqida gapirdi. Maʼruza-prezentatsiya chiqindilar muammosiga bagʼishlangan "Xammasi oʼz qoʼlingda inson” nomli videorolik bilan yakunlandi.

Loyihaning Ekologiya boʼyicha mutaxassisi А.Xoʼjaqulov “Orol inqirozi va uni yumshatish” mavzusidagi prezentatsiyada, ekologik muammolar umumbashariy (global), mintaqaviy (regional) va mahalliy (lokal)ga boʼlinishi, Orol muammosi ham mahalliy, ham mintaqaviy ham umumbashariy muammo ekanligi, chunki Xalkaro ekspertlarning maʼlumotlariga koʼra, Orol tubidan koʼtarilgan zaxarli tuzlar Аntraktida qirgʼoqlariga, Grenlandiya muzliklariga, Norvegiya oʼrmonlariga hamda Sharqiy Yevropa hududidan Himolay togʼlarigacha va yer sharining boshqa burchaklarigacha borib yetganligi toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Umumbashariy ekologik muammolar tarkibiga eng asosiylari boʼlgan iqlim oʼzgarishi ozon qatlamining yemrilishi, chuchuk suv muammosi, pestitsidlardan foydalanish muammolari kiritilgan. “Oʼrmonzorga aylanayotgan Orol” videolavhasi namoyish kilindi.

Tadbir davomida, loyiha mutaxassislariga talabalar, tadbirni yoritishga kelgan jurnalistlar tomonidan mavzular doirasida koʼplab savollar berildi va savollarga qoniqarli javoblar qaytarildi. Ishtirokchilarning mavzular boʼyicha fikrlari tinglandi. Tadbir ishtirokchilaridan, berilgan maʼlumotlardan foydalangan holda oʼzlarining bundan keyingi faoliyatlarida bu masalalarni aholi ongiga yanada koʼprok singdirishga alohida eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari “Oʼzbekistonda suv va atrof-muhit masalalari boʼyicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish” loyihasi doirasida oʼtkazilgan seminardan katta tassurot olishdi. Savol-javoblar va fikrlar almashinuvidan soʼng yigʼilish quyidagicha qaror qabul qildi:

1. Surxondaryo viloyati Termiz Davlat universiteta talabalari bilan tashkil etilgan seminar yaxshi oʼtkazildi deya hisoblansin.

2. Yigʼilish ishtirokchilariga tadbirdan olgan tassurotlarini va maʼlumotlarini universitetning barcha talabalariga, boshqa yoshlarga yetkazish tavsiya kilinib, jurnalistlarga matbuotda chiqishlar qilish orqali, tadbirda koʼtarilgan muammo va masalalardan aholi xabardorligini oshirish vazifasi yuklansin.

3. Tadbirda qatnashgan barcha yoshlar va jurnalistlar seminardan olgan maʼlumot va bilimlarni turli tadbir va chiqishlar orkali keng targʼib etishda faollik koʼrsatishni taʼminlasinlar.

Ushbu karorlarni qabul qilish bilan Termiz davlat universiteta bilan hamkorlikda oʼtkazilgan seminar oʼz ishini yakunladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 11

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 17

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 62

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil