“Universiada-2024”

Yil yakunida “Universiada-2024” sport o‘yinlarining Respublika final bosqichida Termiz davlat universiteti talabalari sportning "Gandbol" turi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kirgani-yu ulardan 5 nafari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga jalb etilganidan xabaringiz bor.

Joriy yilning 3-7-yanvar kunlari Hindiston zaminida qit’aning yosh gandbolchilari ishtirokida nufuzli musobaqa, IHF kubogining Osiyo qit’asi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda qatnashgan O‘zbekiston U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar terma jamoalari a’zolari g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelgusi musobaqada qit’amiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi.

Ushbu muvaffaqiyatga Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan besh nafar gandbolchi talabalar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Bir so‘z bilan aytganda sportchi talabalarimiz tomonidan gandbol, voleybol sport turlaridan qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” bayramiga munosib tuhfa bo‘lmoqda. Tilagimiz zafarli yurishlar bardavom bo‘lsin!

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqaning "Eng yaxshi o‘yinchi" nominatsiyasiga ham universitetimiz talabasi munosib ko‘rildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil