OʻZBEKISTON NAFAQAT KOʻP MILLATLI DAVLAT, BALKI CHET EL FUQAROLARI TAʼLIM OLADIGAN MASKANGA AYLANIB BORMOQDA.

Maʼlumki, taʼlim investitsiyasi ham mamlakat hayotida muhim yoʼnalishlardan biri boʼla oladi. Dunyoning rivojlangan davlatlari bunday investitsiya jalb qilish, yaʼni oʼz taʼlim dargohlarida xorijlik talabalarni oʼqitish orqali milliardlab mablagʼlarning oʼz iqtisodlariga kirishiga erishadilar.

Oʼzbekiston ham bu yoʼnalishda asta-sekin qadamlar tashlashni boshladi. Innovatsiya vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʼra, 2018 yilning 1 noyabrь holatiga Oʼzbekistonda 2377 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning soni eng kam boʼlgan viloyat Namangan (2 nafar). Bu borada birinchilik koʼpchilik oʼylaganidek poytaxt Toshkent shahrida emas (293 nafar), aksincha OTMlari soni uchta boʼlgan uzoq Xorazm viloyati (1322 nafar). Ikkinchi oʼrinni esa Buxoro viloyati egallagan (567 nafar).

Quyidagi infografikada hududlar kesimida xorijlik talabalar soni va ulardan kelib tushgan mablagʼ miqdori koʼrsatilgan:

Bugungi kunda yurtimizda 4730 nafar xorijlik talaba turli yoʼnalishlarda tahsil olyapti. Ular oʼrtasida oʼzbek tilida soʼzlashishga qiziqish ortib, aksariyati zabonimizdan muloqot vositasi sifatida keng foydalanayotgani ayniqsa quvonarli hol.

Turli davlatlardan kelib, yurtimiz oliy oʼquv yurtlarida taʼlim olayotgan talabalarning muloqot tili oʼzbek tiliga aylanganligi barchimizda faxr va iftixor tuygʼularini uygʼotdi.

Surxondaryo viloyatida Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish boʼyicha oʼquv markazi tashkil etilgan.

Markaz negizida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan afgʼonistonlik mutaxassislar uchun qisqa muddatli kurslar va seminarlar oʼtkazilmoqda.

Bunday tadbirlarda Аfgʼoniston huquq-tartibot idoralari vakillari va qishloq xoʼjaligi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, markazda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida “Transport va avtotaʼmirlash”, “Tikuvchilik ishi”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Аgrobiznes va marketing” kabi yoʼnalishlar boʼyicha professionalь oʼquv kurslari ochilishi kutilmoqda.

2021-2022 oʼquv yilida respublika oliy oʼquv yurtlarida afgʼonistonlik talabalar soni 223 nafarni tashkil qildi. Bu koʼrsatkich 2020 yilga nisbatan qariyb 5 barobar oshdi.

Аyni paytda Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan Аfgʼoniston islom respublikasi, Tojikiston respublikasi, Turkmaniston respublikasi hamda Rossiya federatsiyasidan kelib turli yoʼnalishlarda oʼqishni davom ettirayotgan chet ellik talabalar soni 12 tashkil qiladi.

Bular quydagilar!

  1. Said Hakim Said Kabir Afgʼoniston Islom Respublikasi

5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingiliz tili (kunduzgi)

  1. Nuraliyev Boxodir Turaxonovich Tojikiston Respublikasi

5230102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha),(kunduzgi)

  1. Eshmoʼminov Sobir Sattorovich Tojikiston Respublikasi

5112000-Jismoniy madaniyat(kunduzgi)

  1. Mukayeva Diana Rashidovna Rossiya Federatsiyasi

5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingiliz tili (kunduzgi)

  1. Namozov Yusufjon Choriyevich Rossiya Federatsiyasi

5111300-Rus tili va adabiyoti

  1. Kadirova Gulshan Satarqulovna Turkmaniston Respublikasi

5140100-Biologiya (sirtqi)

  1. Saparov Baxodir Xoshnazarovich Tojikiston Respublikasi

5112000-Jismoniy madaniyat (sirtqi)

  1. Bobogulova Nigora Abdusattorovna Tojikiston Respublikasi

5111700-Boshlangʼich taʼlim va sport tarbiyaviy ish(sirtqi)

  1. Sharifi Gavharshod Bigom Afgʼoniston Islom Respublikasi

5A120301-Oʼzbekiston tarixi (kunduzgi)

  1. Sharifi Abdul Fatah Afgʼoniston Islom Respublikasi

5A230102-Iqtisodiyot (real sektor) (kunduzgi)

  1. Samadi Nuriya Afgʼoniston Islom Respublikasi

5A111400- Xorijiy til va adabiyoti: ingiliz tili (kunduzgi)

  1. Nadim Mohaamad Xumoyun Afgʼoniston Islom Respublikasi

5A120102-Oʼzbek tili (kunduzgi).

Xorijiy talabalarning xavfsizligi toʼgʼrisida maʼlumot

Universitetida 12(oʼn ikki) nafar xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Talabalarning 7(etti) nafari oʼgʼil bola hamda 5(besh) nafari qiz boladan iborat. Xorijiy talabalarning xavfsizligini taʼminlash yuzasidan barcha shart sharoitlar yaratilgan va Termiz shahriga vaqtinchalik yashash uchun roʼyxatdan oʼtkazilgan. Qiz bolalarning 1(bir) nafari talabalar turar joyiga roʼyxatga qoʼyilgan va joy ajratilgan.

Termiz davlat universitetida 6 ta talabalar turar joylari mavjud boʼlib, tahsil olayotgan xorijiy davlat fuqarolarining 1(bir) nafari talabalar turar joyida turadi. Kadirova Gulshan Satarqulovna Turkmaniston Respublikasi fuqarosi. Kelajakda 400(toʼrt yuz) oʼrinla yangi zamonaviy talabalar turar joylari kurilishi rejalashtirilgan hamda xorijiy talabalarga aloxida xonalar ajratilishi moʼljallanmoqda.

Hozirgi kunda universitet Germaniyaning Myunster universiteti, Yaponiyaning Rissyo, Chexiyaning Karlova Universiteti, Rossiyaning A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Sochi davlat universiteti, Fransiyaning Lion universiteti, Fransiyaning Parijdagi Gʼarb va Sharq filologiyasi va arxeologiyasi labaratoriyasi, Qozogʼistonning Sirdariya, Qozoq milliy agrar universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining shimoliy-gʼarbiy universiteti va Luoyang madaniy meros va arxeologiya instituti bilan amaldagi shartoma hamda memorandum va kelishuvlarga yega.

Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining 2014 qil 28 avgustdagi 6-son bayoniga muvofiq xorijiy fuqorolarni Respublika oliy taʼlim muassasalarida 2014/2015 oʼquv yilidan boshlab taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha bir yillik oʼqitish qiymati belgilab qoʼyilgan.

Oʼzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyunidagi 517-sonli qarorga, yaʼni xorijiy fuqarolarni oʼqishga qabul qilish suhbat asosida boʼlishini hisobga olgan holda, Termiz davlat universiteti 7-8-sentabr sanasida xorijiy talabalar uchun bakalavr va magistratura taʼlim yoʼnalishlarida ogʼzaki imtihonlar boʼlib oʼtdi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilarning qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi

  • 2024-05-18
  • 18

Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Batafsil

“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari”

  • 2024-05-18
  • 23

Termiz davlat universitetida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

  • 2024-05-17
  • 65

Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi. 

Batafsil