“Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari”

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari  va talaba-yoshlari bilan “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusida oʻtkazilgan yigʻilish B A Y O N N O M A S I Termiz shahri 18.12.2020 yil

Qatnashdilar:  Surxondaryo viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasining katta tezkor vakillari kapitan Suhrobjon Mamadaliyev Tarix fakulteti dekani t.f.d.E.Qobilov Fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha  oʻrinbosari A.Boʻronov Fakultet boshlangʻich xotin-qizlar qoʻmitasining raisasi Z.Annayeva
Jahon tarixi kafedrasi dotsentlari:X.Xolmoʻminov, B.Rahimov,F.Yormatov,T.Pardayev katta oʻqituvchilar G.Ahmedova,S.Sharapov,S.Rajabova Fakultetning professor oʻqituvchilari va 120 dan ortiq iqtidorli talaba yoshlari ishtirok etishdi. KUN TARTIBI:
 “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusidagi davra suhbati.
(A.Boʻronov, S.Mamadaliyev,Z.Annayeva,professor-oʻqituvchi va talaba-yoshlar)
ESHITILDI: Yigʻilishni bilan fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari Abduhakim Xolliyevich Boʻronov ochib berib kun tartibidagi masalalar bilan yigʻilganlarni tanishtirib, tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad universitetda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani muhim masala ekanligini  taʼkidlab oʻtdi.
Tarix fakultetida boʻlib oʻtgan “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusidagi davra suhbati.

SOʻZGA CHIQDI: Shundan soʻng soʻz navbati Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasining katta tezkor vakili kapitan Suhrobjon Mamadaliyevga berildi. U oʻz soʻzida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning omillari, davlat va jamiyatga keltiradigan zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha meʼyoriy–huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgani, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda oluvchi, beruvchi va oʻrtada vositachi ham jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab qoʻyilgani jumladan, eng kam oylik ish haqqining 50 barobaridan
100 barobarigacha jarima, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanilishi haqida tushuntirib oʻtdi.

Tarix fakultetida boʻlib oʻtgan “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusidagi davra suhbati.
U oʻz soʻzida: davom etar ekan korrupsiya global muammolardan biri boʻlib, unga qarshi kurashish boʻyicha koʻplab xalqaro hujjatlar ishlab chiqilgani, ushbu xalqaro hujjatlarning aksariyati mamlakatimizda ratifikatsiya qilingani, umuman korrupsiya va u bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunida fuqarolar huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari, davlat hamda fuqarolik jamiyati hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi kabi prinsiplar mustahkamlangani taʼkidladi.              
Tarix fakultetida boʻlib oʻtgan “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusidagi davra suhbati.

Shundan soʻng mavzuga oid videofilmalar namoyish etildi.
Yakunda professor-oʻqituvchi va talaba-yoshlar mutaxassislardan oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob oldi.Yuqoridagilarni inobatga olib yigʻilish:
QAROR  QILADI:
1. Tadbirda soʻzga chiqqan maʼruzachilarning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar zimmasiga:
 - “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusida tashkil etiladigan targʻibot - tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etish va unda faol ishtirok etish;
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Boʻronov zimmasiga yuklatilsin.
Йиғилиш раиси:  А.Бўронов Котибаси: Г.Аҳмедова            
Termiz davlat universiteti, “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Korrupsiya kelajakka tahdid”  mavzusida  davra suhbati va insholar tanlovi

Eshitildi: Seminarni  “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti dekani A.Absamatov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassisi A.Abduroziqov so‘zga chiqib,  u o‘z so‘zida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkoniyat yaratib berayotgan sabab va omillarning oldini olish bo‘yicha bir qator qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilinayotganligini aytib o‘tdi. Shuningdek Jinoyat Kodeksining 210-moddasida pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqedan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun javobgarlik nazarda tutilganligi shuningdek tamagirlik — mansabdor shaxs tomonidan fuqaroning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan xizmatiga doir harakatlarni sodir etish tahdidi ostida pora talab qilish yoki fuqaroni uning qonuniy manfaatlariga zarar keltiradigan oqibatlarning oldini olish uchun pora berishga majbur etadigan sharoitga qasdan tushirishda ifodalanishini tushuntirib o‘tdilar. – O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi 2017-yil 3-yanvar kungi O‘RQ-419-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevral kungi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2752-sonli Qarori hamda 2019-yil 9-yanvar kungi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligiga korrupsiyaga qarshi kurash vazifalari yuklatilgan va ularda tegishli tarkibiy tuzilmalar tashkil etilgan. Biroq ularning bu boradagi faoliyatini samarali bo‘lishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Shu maqsadda mazkur idoralarning bu boradagi faoliyati natijalarni baholab borish va ushbu organlar xodimlarining o‘z vakolatlarini, huquq va majburiyatlariga va xalqning ular faoliyatiga munosabatini o‘rganib borish va korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga korrupsiyaga qarshi kurash borasida tegishli organlar faoliyatini monitoring qilib borish vazifasi yuklatilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu monitoring viloyat va tumanlarda fuqarolarimizning mahalliy hokimiyatlardagi rahbar kadrlarning korrupsiyaga berilganlik darajasi va huquq tartibot idoralarining korrupsiyani oldini olish borasidagi faoliyati va ular xodimlarning mansab mavqeidan qonunga muvofiq foydalanayotganligini kuzatib borishni o‘z ichiga olishi lozim. Bunda Adliya vazirligi demokratik institutlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolar bilan keng hamkorlik qilishi va ularning fikrlari asosida monitoring xulosalarini tayyorlashini belgilash lozim. Yig’ilish davomida talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga to’lalaigicha javob olishdi va bunday tadbirlarning muntazam davom etishini so’rab o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi

Termiz davlat universiteti Xorijiy filiologiya fakulteti va  Termiz shahar 11506-harbiy qismi hamkorligida  “Ogohlikni men qanday his qilaman” Mavzusida o‘tkazilgan tadbir  B A Y O N N O M A S I 26.02.2021 Termiz shahari

 Qatnashdilar: 

1) Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudayqulov
2) Xorijiy filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari B.Jumayev
3) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi 4-bosqich kursantlari va Termiz shahar 11506-harbiy qismi psixologi N.Doʻstmurodov  30 nafar talaba yoshlar jami: 38 nafar. Kun tartibi “Ogohlikni men qanday his qilaman”   “Dinni oʻziga niqob qilib, tinchlikga rahna solayotgan yomon illatlar”  “Chegara mustahkamligi Vatan osoyishtaligi ” mavzularida davra suhbat Eshitildi: 
1.  Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tadbirni Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudayqulov ochib berdi va oʻz fikrlarini bildirdi.     Mamlakatimizda beqiyos oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Qator sohalarda erishilayotgan yuksak marralar ozod va obod yurtimizning nufuzini oshirmoqda. Bunyodkor xalqimiz oʻz rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidan dadil odimlab, orzu-maqsadlariga yetmoqda. Emin-erkin mehnat qilib, tinch-osoyishta turmush kechiryapti.
Har bir inson ogohlikni his qilib yashash kerak.  Dunyoning turli burchaklarida islom dinini niqob qilib olgan har xil terroristik oqimlar va yovuz kuchlar tomonidan sodir etilayotgan qoʻporuvchiliklar, mudhish jinoyatlar, xunrezliklar tinch aholi, kattayu kichikning hayotiga zomin boʻlayotgan, shaharu qishloqlar vayronaga aylanayotgan notinch davrimiz bizni yanada ogoh va hushyor boʻlib yashashga, oʻz uyimizni, ona Vatanimizni asrab avaylashga, shu shukuhli kunlarning qadriga yetishga chorlaydi. Yaratganga beadad shukrki, Oʻzbekistonda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda. Koʻp millatli bagʻrikeng xalqimiz xotirjam turmush kechirmoqda. Biz uchun tinchlik-osoyishtalikning qadri oʻzgacha. Donishmandlarimiz yurti tinchning oʻzi tinch, deb bejiz aytmagan dedi.
2. Shudan keyin Termiz shahar 11506-harbiy qism psixologi N.Doʻstmurodov ishtirok etib, shunday tinch, osoyishta yurtning qadriga yetib, halol, vijdonan, vatanni sevib yashash kerakligini taʼkidlab oʻtdi. Har xil internet sayt va telegram kanallarga kirishda ham ogoh boʻlish kerakligini, bilib bilmasdan aʼzo boʻlib qolish salbiy oqibatlarga olib kelishini, bunday holatlarda ham tinchlikga rahna solinayotganini aytib oʻtdi. Ogohlik bor joyda tinchlik-osoyishtalik hukm suradi va yuksalish, taraqqiyot boʻladi.

3. Shunday ekan, tinchlik-osoyishtalikka oʻz-oʻzidan erishib boʻlmasligini hammamiz toʻgʻri anglashimiz kerak. Bu yutuqlar qanday qoʻlga kiritilgani, xalqimizga xos boʻlgan sabr-bardosh, mamlakat kelajagiga qatʼiy ishonch, hamjihat-hamfikr yashash, tinchlik-osoyishtalikni asrash, bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat koʻrsatish kabi ulugʻ fazilatlar haqida xalqimizga, xususan, oʻsib kelayotgan yosh avlodga soʻzlab berish zarur. Toki, bugungi murakkab sharoitda tinchlikni asrash uchun ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan koʻra muhimligini ular toʻliq tushunib yetsinlar. Bugungi zamonning oʻzi voqelikka ochiq koʻz bilan, teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashni, hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda tobora kuchayib borayotgan maʼnaviy tahdid va xatarlarni toʻgʻri baholab, ulardan tegishli saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Shu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali dunyo va mintaqamizda, xususan, davlatimizda roʻy berayotgan turli voqea-hodisalar, ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar haqida biryoqlama va soxta tasavvur paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik masalasi nihoyatda dolzarb sanaladi.
4. Shuning uchun ham har bir oʻgʻil-qiz ongiga, avvalo, Vatani va oilasi oldidagi masʼuliyat hissini singdirishga, ularni insonparvarlik va ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga ustuvor vazifa sifatida qarashimiz kerak. Shu bilan birga, yana bir muhim masala — oila mustahkamligini saqlashdir. Zero, oila mustahkamligi zamirida Vatan osoyishtaligi mujassam. Farzandlari bilimli, imonli, mehrli, oqibatli, dunyo tanigan, yurtga fidoyi boʻlgan oila qasri hech qachon buzilmaydi.
Xulosa shuki, bugungi murakkab va tahlikali davrda dunyo miqyosida mafkuraviy, gʻoyaviy va informatsion kurashlar kuchayib,  borayotgani barchamizdan doimo sergak boʻlish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizda hayotga ongli munosabatni shakllantirib, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirishni taqozo etmoqda. 
Bunda, avvalo, mustaqil fikr va mustahkam irodaga ega shaxs¬ni tarbiyalash, yoshlar qalbi va ongida ¬sogʻlom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini qaror toptirish oʻta muhimdir. Aynan shunga koʻra, sharqona axloq meʼyorlariga rioya qilish, turli tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur oʻylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan maʼnaviy tarbiyani izchil davom ettirish asosiy vazifalar sirasiga kiradi.Tadbir yakunida talaba-yoshlar harbiy qism saf, oʻquv maydonlari, oshxona, kutubxona va oʻquv xonalari bilan yaqindan tanishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassisilar tomonidan atroflicha, keng javoblar berildi. Tadbir mazmunli va qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda boʻlib  oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya-adolat kushandasi”  mavzusida oʻtkazilgan davra  Qatnashdilar: Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi Termiz shahar Adliya boʻlimi maʼsul xodimi Habibjon Hayitqulovich Abduraxmonov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudayqulov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari B.Jumayev, fakultet oʻqituvchilari va talabalari 
Jami: 103 kishi. Kun tartibi
1. “Korrupsiya-adalot kushandasi” – maʼruzachi Termiz shaxar Adliya boʻlimi maʼsul xodimi H.H.Abduraxmonov. 

Eshitildi:

Tadbirni Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudoyqulov kirish soʻzi bilan ochib, u oʻz soʻzida Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 27-mayidagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida korrupsiyaning havf-xatarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa talaba-yoshlarni xabardor qilish va ong bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, korupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash maqsadida talaba-yoshlar oʻrtasida “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 
Ushbu tadbir ayni vaqtlarda jamiyatda davlatni yemiruvchi illat hisoblanuvchi korrupsiyaga qarshi kurashish, barcha davlat organlari va tashkilotlari, jumladan oliy taʼlim muassasalarida ham jinoyatga olib borayotgan nopok holatlarni oldini olishga qaratilagan masalalardan iborat davra suhbatining negizini tashkil etdi.         
Shundan soʻng soʻz tadbirda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Termiz shahar Adliya boʻlimi maʼsul xodimi Xabib Abduraxmonovga berildi.  
U “Sir emaski, ezgu maqsadlarga erishishimiz eng avvalo, unib-oʻsib kelayotgan farzandarimiz qanday insonlar boʻlib yetishishiga bogʻliqligi, hozirda har bir rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni barqarorlik bilan taraqqiy etishiga “Korrupsiya” illati qarshilik koʻrsatib kelayotganligi, shu boisdan ham korruatsiyaga qarshi kurashish butun dunyo mamlakatlarining dolzarb muammosini yoshlar ongiga singdirmoq zarur ekanligini taʼkidladi. 
“Korrupsiya” deganda nimaga tushinamiz, u oʻzi nima… 
Yuridik ensiklopediyada qayd etilishicha “Korrupsiya - mansabdor shaxslar oʻzlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat” sifatida ifoda etilgan. 
Mazkur illat mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazadi, demokratik institutlarni zaiflashtiradi, ijtimoiy tartibni buzadi. U bilan kurashish, korrupsiyaning oldini olishning asosiy yoʻllaridan biri, shubhasiz, aholining, davlat va jamoat tashkiloti vakillarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash hisoblanadi. 
Zero, Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansab mavqeini suisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishi hokimiyatni obroʻsizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan noroziliikka sabab boʻladi. 
Bundan tashqari tadbirda “korrupsiya”, “korrupsiyaga doir qonunbuzarlik” va “manfaatlar toʻqnashuvi” kabi tushunchalari haqida toʻliq maʼlumot berdi. Xususan, tasdiqlangan ushbu farmonga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniniylik, fuqorolarning huquqi, erkinlik va qonuniy manfaatlarning ustunligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqorolik jamiyatining oʻzaro hamkorligi korrupsiyaning oldini olish boʻyicha choralarning ustunligi va maʼsuliyatning muqarrarligi borasida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Negaki oliy taʼlim muassasalarida porxoʻrlikka, tamagirlikka yoʻl qoʻyilmasligi, talabalar bilimini shaffoflik asosida baholash davr talabi ekanligiga alohida urgʻu berdi. 
Shuni taʼkidlash joizki, mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Oʻtgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza shakllantirildi.

Soʻz yakunida X.Abduraxmonov “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusida oʻtkaziladigan davra suhbatidan koʻzlangan maqsad, birlamchi kuch birligida davlat siyosatiga qarshi “korrupsiyani” oldini olish va kurashish va bu borada har bir shaxs oldida turgan vazifalari va burchlarini yurt, davlat, xalq olidida adolat bilan ado etishlikni yana bir bor targʻib etishdan iborat edi, yaʼni talaba faqat sifatli bilim egallashi, professor-oʻqituvchi chuqur bilim berishi, raxbar xodimlar esa talaba-yoshlarga hamda ishchi –xodimlarga yaxshi mehnat sharoiti yaratib berish bilan shugʻullansa, oʻylaymanki, eng rivojlangan davlatlar qatorida turadigan yangi Oʻzbekistonni barpo etilishida sizu-bizning hissamiz salmoqli boʻladi.. 
Keyin yigʻilganlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javoblar berildi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib yigʻilish

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 23

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 29

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 71

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil