“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING NAVBATDAGI TURI BO‘LIB O‘TDI

Termiz davlat universiteti hududdagi eng yirik ish beruvchilardan biridir. Bu dargohda 1500ga yaqin  professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelishmoqda.

Termiz davlat universiteti o‘zining salkam  yetmish yillik ish faoliyati davomida jamiyatimizning turli sohalariga yetuk mutaxassislarni yetishtirib berdi va bugungi kunda ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlab berilgan Termiz davlat universitetining 2022-yil 26-fevraldagi №1.5-sonli kuzatuv kengashi qaroriga asosan Termiz davlat universiteti rahbar xodimlari hamda professor-o`qituvchilari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari (kpi)ni tasdiqlash hamda universitet va uning huzuridagi tashkilotlarning rahbar va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirishni belgilash tartibi bo`yicha ish haqi to‘lash amalga oshirilgan.
(Asos; 2022-yil 26-fevraldagi №1.5-sonli kuzatuv kengashi qarori)
Universitetda xodimlarning ishchanlik qobiliyati va mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan (jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi va h.k.) Jihatlariga qarab har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.


Mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (ayollar, voyaga etmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va b.) g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlash kamsitish deb hisoblanmaydi.
Universitetda xodimdan biron jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etish, bajarilishi uchun xodim ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatini taklif qilmagan holatda biron ishni yoki xizmatni bajarishga majbur qilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga https://my.sud.uz/  murojaat qilishi mumkin.
Universitet ulkan va ahil jamoaga ega bo‘lib, umumiy xodimlar soni 1447 nafar bo`lib, shundan professor-o`qituvchilar 747 nafar, ishchi xodimlar 740 nafarni tashkil etadi.

Bir xodimga to`g`ri keladigan o‘rtacha xarajatlar esa 5 549 000 (besh million besh yuz qirq to`qqiz ming) so‘mni tashkil etadi. Universitet xarajatlarida salmoqli ulush ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Universitetda 2021-yil mobaynida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 96 625,0 mlrd so‘m, 2022-yilning to‘qqiz oyi mobaynida  80 087,0  mlrd  so‘m, stipendiyalar  uchun     2021-yilda
21 759,0 mlrd so‘m, 2022-yilning to‘qqiz oyi mobaynida 3 364,0 mlrd so‘m xarajatlar amalga oshirilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 57

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil

"Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • 2025-01-14
  • 55

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yillik bayrami hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni

Batafsil

"Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan musobaqa

  • 2025-01-14
  • 54

TerDUda 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan sportning armrestling, turnik tortinish, tosh ko‘tarish

Batafsil