"Yangi Oʻzbekiston mening tasavvurimda" mavzusidagi esselar tanlovi

Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlar, buyuk maqsadlarga ega shaxslar sifatida tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtiroki va daxldorlik fazilatlarini shakllantirish maqsadida Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. 

Bunda viloyatdagi oltita oliy taʼlim muassasasi bosqichida 1-,2-,3-oʻrinlarni egallagan talaba-yoshlar "Yangi Oʻzbekiston mening tasavvurimda" mavzusida esse yozishdi. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'lim boshlig'i Boysariyev Mansur Yangiboyevich so‘zga chiqib, tanlovning maqsad va vazifalari bilan yana bir bor tanishtirdi hamda hududiy bosqich ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.  
Yozilgan esselar quyidagi mezonlar asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlarida tuzilgan tashkiliy guruh tomonidan holisona baholandi:
-  mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi;
-  tarix, bugun va kelajak haqidagi tasavvur kengligi;
-  mavzuga oid mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar;
-  imloviy savodxonligi, so‘z boyligi va uslubiy mahorat;
-  amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan shaxsiy munosabatning va ular bo‘yicha xulosaviy fikrlarning mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati.

Yakuniy xulosa natijalariga ko’ra:
1-o‘rinni Esonova Shahlo Abdimurod qizi (Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi);
2-o‘rinni Ashurova Manfiza Xolmurod qizi (Termiz davlat universitetining pedagogika institute talabasi);
3-o‘rinni Tursunpo‘latova Guljahon Abdusoat qizi (Termiz davlat universiteti talabasi) egalladi hamda yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika bosqichida tanlovning hududiy bosqichi natijalariga ko‘ra 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan, jami 42 nafar talaba-yoshlar oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" mavzusida esse yozadilar. 
Tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga notebook hamda 1-o‘rin sohibiga 30 mln, 2-o‘rin sohibiga 20 mln. 3-o‘rin sohibiga 10 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetining “Gumata” guruhi Respublika turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

  • 2024-04-19
  • 21

Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan “Munozara” turnirining 2-hududiy bosqichida Surxondaryodagi barcha OTMlarning guruhlari qatorida TerDUning “Gumata” jamoasi munosib ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 

Batafsil

Termiz davlat universiteti Akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilarning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.

  • 2024-04-19
  • 15

Otalarning farzand taʼlim-tarbiyasidagi masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Akademik litseyida navbatdagi “Otalar bilan uchrashuv” tadbiri tashkil etilib, unda otalar va nuroniylar hamda oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Batafsil

“Oilada destruktiv munosabatlar psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi: muammo va yechimlar”

  • 2024-04-19
  • 15

Bugungi kunda zamonaviy psixologik tadqiqotlar: muammolar, yеchimlar, istiqbollari sohasida erishilayotgan yutuqlarni umumlashtirish, ularni mamlakatimizning taraqqiy etishiga yo‘naltirish

Batafsil