Universitet Kengashining navbatdagi yig'ililishi tafsilotlari

Termiz davlat universitetida 2022 yil 14-may kuni universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan 2022 yil 10 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Apparati Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi 15-son bayonining ijrosi to‘g‘risida fikr bildirildi.

Shundan so’ng muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitetda Universitetda bajarilayotgan grantlarning natijadorligi, innovasion faoliyat, unda professor-o‘qituvchi va talabalar ishtiroki hamda ular tomonidan nufuzli jurnal va nashriyotlarda maqola, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning chop etilish holati va undan kelib chiqadigan vazifalar (fakultet va kafedralar kesimida), magistratura ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, raqobatbardoshli kadrlar tayyorlash faoliyatining tahlili to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

2025/2026 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi, yangi o‘quv yili vazifalari belgilandi.

  • 2026-06-27
  • 24

Termiz davlat universitetida "2025/2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida ustuvor vazifalarni belgilash" mavzusiga bag‘ishlangan universitet Kengashining

Batafsil

TerDU vakili xalqaro hakamga aylandi!

  • 2026-06-27
  • 21

Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti dotsenti Ulug'bek Chariyev para yengil atletika bo'yicha xalqaro hakamlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro hakamlik sertifikatini qo'lga kiritdi.

Batafsil

Termiz davlat universiteti yosh olimi fan olamida yangi kashfiyot qildi!

  • 2026-06-27
  • 20

Termiz davlat universiteti jamoasi navbatdagi yirik ilmiy yutuqni faxr va iftixor bilan qarshi olmoqda. Universitetimizning yosh va iste’dodli olimi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilov Jamshed tomonidan olib borilgan ilmiy

Batafsil