MOBIL METODIK GURUHLAR TA'LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI

Davlatimiz rahbari raisligida 2022 yil 28-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari oliy ta’lim muassasalariga biriktirib berilgan edi. 
Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq. Shu bois oxirgi to‘rt yilda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. 
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida ham “mobil metodik guruh” faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, ushbu guruhlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. 

Bugun TerDU Rus va qardosh tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Angor tumanidagi 14-maktabda mahorat darslarini tashkil etishdi. Dars samaradorligini oshirish borasida maktab o‘quvchilariga o‘z tavsiyalarini berishdi. “Zakovat” intellektual o‘yini, “Kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkazildi.  
“Mobil metodik guruh” faoliyatining maqsadi – ta’limda sifat va samaradorlikni oshirish hisoblanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Talabalar ovozi – rivojlanishning eng muhim mezoni

  • 2026-06-24
  • 34

Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi vakillari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi davom etmoqda!

  • 2026-06-24
  • 35

Termiz davlat universitetining Kimyo fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 10 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining o'nlab boʻsh ish oʻrinlari va

Batafsil

Termiz davlat universiteti dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti safidan joy oldi

  • 2026-06-24
  • 51

Termiz davlat universiteti xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamlab, nufuzli Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 reytingida yuqori natijaga erishdi.

Batafsil