Balliqizlar

Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi tashabbusi va fakultet tyutorlari hamkorligida kuni kecha  6-talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "O'zbegimning balli qizlari" tadbiri tashkil qilindi. Tadbirni  Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Shofiyev Obidjon Baxtiyorovich ochib berdi. Shuningdek, tadbirda universitet xotin-qizlar raisi D.Hamzayeva, O'zbek filologiyasi fakulteti dekani A.Esanov,  O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri N.Yuldashev, kafedra o'qituvchilari, fakultet tyutorlari va 6-TTJ tarbiyachilari hamda talaba qizlar ishtirok etishdi. Tadbirda talabalar ajoyib sahnalar, diltortar raqslar va  salatlar tayyorlash mahoratini ko'rsatdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi. Yakunda faol ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 29

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil