"Kitobxonlik haftaligi" davom etmoqda

Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.

Xabaringiz bor Termiz davlat universiteti Axborot-resurs markazida 4-9-aprel kunlari "Kitobxonlik haftaligi" deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan ARM da fakultetlarning professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar tashkil etilmoqda. 

Bugun O‘zbek filologiyasi hamda Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoasi Axborot resurs markaziga tashrif buyurishib, kutubxona faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona fondi bilan tanishishdi. 

O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf  Vatan kuychisi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 29

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil