Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida kitobxon talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan

Termiz davlat universiteti Axborot-resurs markazi binosi 2013-yil dekabr oyida ishga tushirilgan. Bino toʻliq zamonaviy talablarga javob beradigan darajada qurilgan boʻlib, 3-qavatdan iborat. Har bir qavatda oʻquv zallari mavjud. Darslik va oʻquv adabiyotlar fakultetlar kesimida kitob javonlaridan o‘rin olgan. Oʻquv zallarning kitob fondi kompyuterlarlarga elektron katalog shaklida joylashtirilgan. Oʻquv zallarida kechki navbatchilik tashkil etilgan. Bir vaqtni oʻzida ARM  565 ta kitobxonga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Imkoniyati cheklangan talabalarga ham qulaylik yaratish maqsadida, Axborot-resurs markazining 1-qavatida axborot texnologiyalari xonalari ajratilgan va jihozlangan. Audio kitoblarning bazasi toʻliq shakllantirilgan va kompyuterlarlarga joylashtirilgan. 

Hozirgi davrda Axborot-resurs markazi fondi 21723 nomda darslik, oʻquv qoʻllanma, ilmiy adabiyot, badiiy adabiyotlardan iborat. Axborot-resurs markazi elektron kutubxona  fondi esa 32354 donani tashkil etadi. Barcha adabiyotlar yoʻnalishlar boʻyicha joylashtirilgan. 

Barcha elektron bazadagi adabiyotlar yoʻnalishlar boʻyicha joylashtirilgan va kitobxonlar uchun http://lib.tersu.uz/ sayt orqali foydalanish imkoniyati mavjud.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 29

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil