“Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish

Bugungi kunda Yerning tanazzulga uchrashi va iqlim oʻzgarishi natijasida kuchaygan qurgʻoqchilik shiddatli tus olmoqda. Dunyo aholisining salkam yarmiga qurgʻoqchilik, choʻllanish xavf solmoqda. Mamlakatimizda choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2019-yil 22-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi. ushbu qarorda koʻrsatib oʻtilgan topshiriqlarni ijrosini tʼminlash maqsadida hamda 17-iyun – Jahon choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash kuni munosobati bilan Termiz davlat universiteti talabalari Termiz tumanidagi Kattaqum choʻl massivida “Choʻl ekotizimini asraylik” shiori ostida ekotur tashkil etdi.
Tashrif davomida talabalarga choʻl ekotizimidagi noyob oʻsimlik va hayvonot olami vakillari, ularni muhofaza qilish yoʻllari haqida maʼlumotlar berildi. Choʻllanishning oldini olish yoʻllari xaqida tushunchalar berib oʻtildi. 

Tabiatda biologik xilma-xillikni saqlash jamiyatning barqaror rivojlanishidagi asosiy omillardan biri boʻlib, har bir davlatning iqtisodiy, ekologik va madaniy – estetik ehtiyojlarini qondirishning muhim resursi hisoblanadi. Chunki biologik xilma-xillik  biosferani shakllantirishi, unda boshqa biologik turlar bilan birga inson ham istiqomat qilishini yoddan chiqarmasligimiz lozim.
TerDU Zoologiya kafedrasi professor oʻqituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyati tabiati, hayvonot dunyosi, jumladan noyob hayvon turlari bioxilma-xilligini saqlab qolish, muhofaza choralariga bagʻishlangan “Surxondaryoning noyob hayvonlari” nomli ilmiy risola yaratildi. Risola universitet, oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari va oʻqituvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchilari, biologiya, ekologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar, shuningdek qoʻriqxonalar, tabiatni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi xodimlari hamda oʻz hayotlarini ona tabiat bilan bogʻliq deb biluvchi barcha qiziquvchilar uchun moʻljallangan.
Ushbu risola dunyo sivilizatsiyasida munosib oʻringa ega, oʻzining maftunkor tabiati, uzoq yillik tarixi, madaniyati, anʼanalari bilan birga oʻziga xos oʻsimlik va hayvonot olami rang-barangligi bilan ham doimo insonlar eʼtiborini jalb etgan Surxondaryo viloyati hududida uchraydigan noyob va yoʻqolib ketish arafasida turgan hayvonlar, ularning sonini saqlab qolish, koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan. Risolada noyob hayvonlarning uchrash darajasi, muhofaza choralari, ularni koʻpaytirish toʻgʻrisida taklif va tavsiyalar ham berilgan.
Kitob universitet, oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari va oʻqituvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchilari, biologiya, ekologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar, shuningdek qoʻriqxonalar, tabiatni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi xodimlari, barcha tabiat fidoyilari va qiziquvchilari uchun muhim qoʻllanma boʻladi va viloyatimiz tabiatini muhofaza qilishga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Tuproqni himoya qilishni, tabiat bilan uygʻun rivojlanishini taʼminlashning bir yoʻli – qishloq xoʻjaligi hududlarini oʻrmonlashtirish, yaʼni ihotazorlar tizimini barpo qilish lozim. Bunga dala ihotazorlarini barpo qilish, yoʻllarni va sugʻorish tizimlarini ihotalash, choʻl hududlarida 1 va 2 gektarlik oʻrmonzorlarni ekish kiradi. Ihotazorlar tizimi tuproqni yemirilishdan himoya qiladi, uning meliorativ holatini yaxshilaydi. Sizot suvlarini bugʻlatib, shoʻrlanishning oldini oladi, namlikni saqlaydi, iqlimni moʻtadillashtirib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsishiga muqobil sharoit yaratadi va hosildorlikni 15-20 foiz oshiradi. Oxirgi yillarda kuzatilayotgan global issiqlikning oshishi oʻsimliklarning rivojlanishi uchun katta toʻsqinlik boʻlmoqda, uni ihotazorlar yordamida muqobillashtirish mumkin boʻladi, ekologik muvozanatni vujudga keltiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TRIGGER loyihasi

  • 2024-05-16
  • 31

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining yakuniy hisobot uchrashuvida Termiz davlat universiteti

Batafsil

"Mahalliy va xalqaro fondlarga loyihalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan (Scopus va Web of Science) foydalanish"

  • 2024-05-16
  • 29

Universitetning ilmiy majmuasi tomonidan milliy libos va san'at hamda yuridik fakultetlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda magistrlari uchun "Mahalliy va xalqaro fondlarga loyihalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik

Batafsil

Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  • 2024-05-16
  • 33

Termiz davlat universiteti boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Shoymardonov Ilhom Alixonovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosligida

Batafsil