✅Termiz davlat universitetida 2026–2027 o‘quv yilidan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan yangi bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishning ikkinchi bosqichi doirasidagi o‘rganish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Ayni kunlarda universitetda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida quyidagi istiqbolli ta’lim dasturlari bo‘yicha baholash ishlari olib borilmoqda:
🟢 Sport faoliyati: tennis
🟢 Sport faoliyati: mini futbol
🟢 Sport faoliyati: taekvando
🟢 Sport faoliyati: dzyu-do (magistratura)
🟢 Jismoniy madaniyat
🟢 Sport faoliyati: futbol (magistratura)
🟢 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
🟢 Vokal san’ati: estrada xonandaligi
➡️Ekspertlar tomonidan ta’lim dasturlarining mazmuni, sifat ko‘rsatkichlari, zamonaviy talablarga mosligi hamda mehnat bozori ehtiyojlariga javob berish darajasi atroflicha tahlil qilinmoqda. Shuningdek, o‘quv auditoriyalari, zamonaviy laboratoriyalar, Axborot-resurs markazi, raqamlashtirish infratuzilmasi va ish beruvchilar bilan hamkorlik mexanizmlari ham o‘rganilmoqda.
✅Xorijiy va mahalliy ekspertlarning birgalikdagi ishtiroki ta’lim dasturlarini milliy va xalqaro mezonlar asosida xolis baholash imkonini yaratmoqda. Bu esa universitetda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, xalqaro e’tirof etiladigan ta’lim dasturlarini shakllantirish hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.