Darbandda dala o‘quv amaliyoti mazmunli davom etmoqda

TerDU Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Darband o‘quv-amaliyot bazasida tashkil etilgan dala o‘quv amaliyoti qiziqarli va mazmunli mashg‘ulotlarga boy tarzda davom etmoqda.

Amaliyot davomida talabalar tog‘ ekotizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, hudud florasini tadqiq etmoqda, o‘simlik turlarining morfologik belgilari va bioekologik xususiyatlarini tahlil qilmoqda. Shuningdek, marshrutli kuzatuvlar olib borish, fenologik holatlarni qayd etish, biologik xilma-xillikni baholash hamda o‘simliklarning tabiiy muhitga moslanish mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.

Tabiat qo‘ynida olib borilayotgan ushbu mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning ilmiy-tadqiqotga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 236

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 124

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 122

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil