Termiz davlat universitetida professor Ibodulla Mirzayev bilan ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universitetida filologiya fanlari doktori, professor Ibodulla Mirzayev ishtirokida universitet professor-o‘qituvchilari hamda Lingvistika: ingliz tili yo‘nalishi magistrantlari uchun master-klass va davra suhbati tashkil etildi.

“Tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur uchrashuv yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislari uchun muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.

Uchrashuv davomida professor Ibodulla Mirzayev zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo‘nalishlari, xalqaro ilmiy makondagi yangi tendensiyalar hamda o‘zbek tilshunosligini jahon miqyosida rivojlantirish istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritdi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqot olib borish metodologiyasi, dissertatsiya tayyorlash, xalqaro nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv savol-javoblarga boy, interaktiv ruhda o‘tdi. Magistrantlar va professor-o‘qituvchilar ilmiy faoliyat, mavzu tanlash, tadqiqot obyekti va ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 236

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 124

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 122

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil