"Tadbirkorlik asoslari"

Termiz davlat universitetida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi 
PF-6208-sonli Farmoni ijrosi toʻgʻrisida 202-sonli buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
M A ʼ L U M O T 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi  PF-6208-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida Termiz shahrida, universitetga yaqin hududda joylashgan 12 ta: Tuproqqoʻrgʻon, Gulirano, Mehriobod, Alisher Navoiy, Oʻzbekiston, Alpomish, Bogʻishamol, Bogʻzor, Shodlik, Jayxun, Abdulla Avloniy va Boʻston mahallalari universitetga biriktirildi.
Ushbu mahallalarda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng targʻib qilish, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da roʻyxatga olingan oila farzandlarini hamda “Yoshlar daftari”dagi yoshlarni, xususan, uyushmagan yoshlarni ilm va kasbga yoʻnaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan har bir mahallada yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish reja jadvali ishlab chiqildi va reja jadval asosida 21 ta uchrashuvlar oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvlarda 600 nafardan ortiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va uyushmagan yoshlar qatnashdi.
Muammosi bor yoshlarning manzilli roʻyxati shakllantirildi va muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Uyushmagan, ishsiz yoshlarni aniqlashda hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ularning manzilli roʻyxati shakllantirildi va bandligini taʼminlash rejasi ishlab chiqiib, amaliy ishlar olib borildi.
Mahallalardagi ishsiz yoshlarni mahalla xududdida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar va hunarmandlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. "1+1 loyihasi" doirasida tadbirkor va hunarmandlarga uyushmagan ishsiz yoshlarni biriktirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi va Universitetning Iqtisodiyot va turizm fakulteti qoshida "Tadbirkorlik asoslari" toʻgaragiga hamda Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti qoshidagi"Kulolchilik" ustaxonasida "Kulolchilik" toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, hozirda 10 dan ortiq yoshlar toʻgarakka jalb etilgan.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini boshlashga koʻmaklashish maqsadida ular bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, manzilli roʻyxati shakllantirildi. Universitetning  Tabbiy fanlar fakulteti qoshida tashkil etilgan "Issiqxona"larda  yoshlarga manzarali gul va koʻchatlar yetishtirishni oʻrgatish va oilaviy tadbirkorlikni boshlashiga koʻmaklashish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

Universitetga biriktirilgan mahallalar hududida joylashgan umumtaʼlim maktablarida oliy taʼlimga kirishga koʻmaklashuvchi fan toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ushbu toʻgaraklarga maktab bitiruvchilari va oliy taʼlimga kirish istagida boʻlgan 300 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar aʼzo boʻlishdi.
Milliy libos fakulteti qoshida tashkil etilgan "Tikuvchilik" va "Toʻquvchilik" toʻgaraklarida ishsiz kasb-hunar oʻrganish istagida boʻlgan 50 nafardan ortiq yoshlar jalb etildi. 
Mahallalarda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan va davolanishga muhtoj yoshlarni aniqlash va muammolarni hal etishga koʻmaklashish maqsadida ularning manzilli roʻyxatlari shakllantirildi va ular holidan xabar olinib, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borildi.
Profilaktik hisobda turgan yoshlar muammolarini oʻrganish va ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsadida mahalla profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ular bilan muloqotlar oʻtkazildi va muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Mahallardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini aniqlash va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining manzilli roʻyxati shakllantirildi, ular xolidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari balan taʼminlandi. Ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi va amaliy ishlar olib borildi.
Universitetga biriktirilgan mahallalarda 18-30 yoshdagilar 9292 nafarni tashkil etmoqda. 
Yoshlarning madaniyat, sanʼat va sport yoʻnalishlaridagi qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mahallalar hududida joylashgan umumtaʼlim maktablarida madaniyat, sanʼat va sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish ishlari amalga oshirildi.
Yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish va ularga zarur sharoitlar yaratish maqsadida mahallalarda kutubxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mahalla yoshlari oʻrtasida kitobxonlik tanlovini oʻtkazish boʻyicha rejalar ishlab chiqildi. 
Sport turlari boʻyicha mahallalararo "Rektor kubogi" musobaqalari tashkil etilib, unda 400 nafardan ortiq mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Gʻoliblar esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi. Ushbu "Rektor kubogi" musobaqalarini reja jadval asosida muntazzam oʻtkazilishi belgilangan.
Mahalla yoshlarini boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Muzeylarga tashrif" loyihasini amalga oshirish reja-jadvali ishlab chiqilgan va shu asosda yoshlarning qiloyatdagi muzeylarga sayyohati amalga oshirildi.
Axborot texnologiyalari fakulteti qoshida hamda mahallalar hududidagi maktablarda "Dasturlash asoslari" toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi va  20 dan ortiq yoshlar aʼzo qilindi.

BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida professor-o‘qituvchilar va taniqli ziyolilarni mahallalarga biriktirish taklifini bergandi.
Universitetda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, xususan, kam ta'minlangan hamda nogiron bolalarning holidan xabar olish, ularni ma'naviy, ruhiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar boshlab yuborilgan.
Xususan, Termiz davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi professor-o'qituvchilari Termiz shahridagi Shodlik mahallasida bo'lishdi.

Mahalla fuqarolariga San'atshunoslik fakulteti qoshida bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil maqsadida musiqa to‘garaklari tashkil etilganligi  to’g’risida ma’lumotlar berishdi va san'atga qiziquvchi mahalla fuqarolari ushbu to’garaklarga taklif etildi.
Mahalla hududida joylashgan 3-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus" ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti va Termiz shahridagi A.Navoiy mahallasi bilan hamkorlikda "Bir ziyoli bir mahallaga ma'naviy homiy" shiori ostida mahalladagi 24-umumiy o'rta ta'lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy filologiya fakulteti tomonidan ikkinchi muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida sportning shaxmat-shashka, futbol, voleybol turlaridan fakultet talabalari va mahalla faollari, maktab o'qituvchi va o'quvchilari o'rtasida o'ziga xos turnir o'tkazildi.
To'rtinchi tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida o'quvchilarining kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitobxonlik tanlovi o'tkazildi.
Tadbir so'ngida barcha g'oliblar va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan  taqdirlandilar.

2022 yil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-sonli qaroriga asosan, Termiz  davlat universitetida bajarilayotgan ishlar toʻgʻrisida

MAʻLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-sonli qaroriga asosan, Termiz  davlat universitetiga Termiz shahrida joylashgan jami 12 ta: 
Tuproqqoʻrgʻon, Guliraʻno, Mehriobod, Oʻzbekiston, Boʻgʻishamol, Bogʻzor, Shodlik, Alpomish, Jayxun, Abdulla Avloniy, Boʻston, Alisher Navoiy kabi mahallalar biriktirilgan boʻlib, ushbu hududlarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolar bilan ishlash uchun alohida harakatlar rejasi tuzilgan boʻlib, universitet tomonidan doimiy ravishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Barcha mahallalar yoshlari uchun tashkil etilayotgan toʻgaraklar, oʻquv kurslari va klublar mavjud boʻlib: Sport toʻgaraklari 8 ta 1150 nafar mahalla yoshlari toʻgaraklarga azo, Sanʼat toʻgaraklari 4 ta 182 nafar mahalla yoshlarni qamrab olgan, Kasbga oʻrgatish  toʻgaraklari 2 ta 720 nafar mahalla yoshlari kasb oʻrganib kelmoqda hamda Intelektual klublar 3 ta 190 nafar mahalla yoshlari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazib kelishmoqda.
Xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha bepul oʻquv kurslari, oliy taʼlimga kirish imtihonlariga tayyorlash boʻyicha fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot hamda kompyuter savodxonligidan bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi.
Universitetning sport majmuasi va sport maydonchalarida (Kurash, Dyuzdo, Futbol, Boks, Shaxmat, Yengil atletika, Voleybol, Basketbol, Gandbol, Stol tennisi, Armrestling, Mini futbol va Sambo) boʻyicha toʻgaraklar faoliyati olib borilmoqda.
Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida qizlar uchun tikuvchilik, toʻquvchilik va dizaynerlik, badiiy havaskorlik, yigitlarga kulolchilik toʻgaraklari tashkil etilib, kasb-hunar sirlari oʻrgatilmoqda.
Termiz davlat universiteti mahalla raislari uchun oʻquv-seminari toʻgʻrisida
MA’LUMOT
Joriy yilning 1-iyul sanasidan Termiz davlat universiteti oʻquv binosida viloyatimizdagi 721 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining yangi saylangan raislari uchun mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, aholi muammolarini mahallada hal etish masalalarini oʻz ichiga olgan oʻquv-seminari boshlangan edi.
2022-yil 6-iyul kuni Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov 1 bosqichda bilim va koʻnikmalarini oshirayotgan 199 nafar mahalla raislari bilan muloqot oʻtkazdi. Muloqotda Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Mahalla raislari xalqimizni rozi qilishda, islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Uchrashuvda rektor A.Maraximov tomonidan universitetning mahallalar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash borasida bir qancha takliflar bildirildi. Xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarini ikkinchi oliy taʼlimga oʻqish uchun suhbat va imtixonlarsiz qabul qilinishi, universitet talabalarining mahalla xonadonlarida fan toʻgaraklarini tashkil etishi hamda mazkur talabalar universitet tomonidan munosib ragʻbatlantirilib borilishi, 48 nafar oʻrta maxsus maʼlumotga ega mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishlari taʼkidlandi. 

TerDU da mahallalar bilan hamkorlik davom etmoqda

Termiz davlat universitetida besh tashabbus doirasida shahardagi 37 ta mahalla yoshlari o‘rtasida mini futbol, qiz bolalar o‘rtasida voleybol, shuningdek, "Zakovat" intellektual o‘yini hamda "Yosh kitobxon oila” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. 
O‘tkazilgan tadbirlarga 500  nafarga yaqin mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Musobaqa yakuni bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar munosib taqdirlanishdi.

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti va TerDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorligida Termiz shahar A.Navoiy mahallasidagi Surxondaryo viloyat arxitektura va qurilish texnikumida "Bir ziyoli - bir mahallaga ma'naviy homiy" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Zakovat o'yinlari, TerDU talabalaridan tashkil topgan "Janub gavhari" teatr jamoasi tomonidan sahna ko’rinishi ijro etildi. Shuningdek, Xorijiy filologiya fakultetining "Unique Stars" QVZ jamoasoning chiqishlari zalda yig'ilgan mahalla faollari va yoshlarga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

Termiz davlat universitetining Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoasi Termiz shahrining “Bog’zor” mahallasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida navbatdagi tadbirni oʻtkazdi.

Iqtisodiyot va menejment kafedrasi jamoasi mahalla fuqarolar yig’ini hududida mevali daraxt ko’chatlari ekishdi. Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o’qituvchisi N.J.Nurmatov tomonidan Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati tadbir ishtirokchilariga tanishtirib o’tildi. Besh muhim tashabbus doirasida sportning futbol turi bo’yicha mahalla yoshlari o’rtasida musobaqa tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 40

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil

"Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • 2025-01-14
  • 46

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yillik bayrami hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni

Batafsil

"Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan musobaqa

  • 2025-01-14
  • 42

TerDUda 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan sportning armrestling, turnik tortinish, tosh ko‘tarish

Batafsil