Ozon qatlamining yemirilishi muammosi

Termiz davlat universitetida 5111100 - Musiqa  taʼlimi, 5112700 - Maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi, 5120100 - Filologiya tillarni oʻqitish (ingliz tili) taʼlim yoʻnalishlarida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (tojik tili), 5230100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)  taʼlim yoʻnalishlari talabalariga Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kabi fanlar oʻqitiladi.
Ushbu fanlarning dasturlarida iqlim oʻzgarishiga doir masalalar ham oʻz aksini topgan. Jumladan, ushbu dasturlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar haqida maʼlumotlar.

Ozon qatlamining yemirilishi muammosi, issiqxona effekti mexanizmi, kislotali yomgʻirlar, atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi kurash yoʻllari va usullari. Radioaktivlikning biosferaga taʼsiri. Oʻzbekiston suv havzalarining ekologik hozirgi holati. Orol va Orolboʻyi hududidagi ekologik holat va ekologik muammolari.

Suv manbalarining ifloslanishining inson salomatligiga taʼsiri. Iqlim oʻzgarishining inson salomatligiga taʼsiri, tuproqning shoʻrlanish, choʻllashish sabablari hamda uning oldini olish chora tadbirlari.

Tuproqning ifloslanish manbalari. Tuproq eroziyasi sabablari va uning oldini olish yoʻllari. Global iqlim oʻzgarishining biosferaga taʼsiri kabi savollarga javob olish mumkin.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida Termiz davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan 2021-yil 5-6-noyabr kunlari universitet kampuslarida va Termiz shahrida 20 000 ziyod manzarali va mevali daraxtlar ekishdi. Bu bilan iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda jamoa oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. 
Termiz davlat univirsiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori Zokirov Xolmat Xurramovichning “Surxondaryo tabiati va ekologiyasi” nomli oʻquv qoʻlanmasi chop ettirildi.

Universitet axborot resurs markazida ushbu oʻquv qoʻllanmaning taqdimoti boʻlib oʻtdi. 
Universitet talabalari oʻrtasida “Tabiat manzalari” nomli suratlar tanlovi oʻtkazildi. Ushbu tadbirda tabiatni, atrof-muhitning tabiiy xolatini asrab avaylash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, tabiatni muhofaza qilish gʻoyalari ilgari surilgan.
Universitet talabalariga iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlari haqida tasavvurlarini shakllantirish maqsadida ekologik turlar tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi

  • 2026-04-23
  • 9

Termiz davlat universiteti mezbonligida talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. 

Batafsil

“Vazir kubogi” — ayollar futboli bahslari qizg‘in davom etmoqda!

  • 2026-04-23
  • 15

​​​​​​​Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilayotgan talaba qizlar o‘rtasidagi nufuzli musobaqada respublikamizning 13 ta OTM jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushmoqda.

Batafsil

Termizda talaba yoshlar oʻrtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi boshlandi

  • 2026-04-22
  • 32

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida talaba yoshlar, xususan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha nufuzli “Vazir kubogi” musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Batafsil