“Maxtumquli Firog‘iy - do‘stlik kuychisi” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Termiz davlat universitetida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Maxtumquli Firog‘iy-do‘stlik kuychisi” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston va mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining professor–o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va talabalar ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimida Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Shodurdi Meredev, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, O‘zbekiston Respublikasi Turkman madaniyat markazi raisi Guldona Avezdurdieva va boshqalar turkman xalqining buyuk farzandi Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkir bo‘lganinini  ta'kidladi.

Bu yil YUNESKO rahnamoligida Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yillik yubileyi dunyo miqyosida keng nishonlanayotgani ham bunga yaqqol dalildir.

Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori Maxtumquli ijodi va qardosh turkman birodarlarimizga xalqimizning hurmat-e'tibori cheksiz ekanini, mumtoz so‘z san'atkori o‘zbeklarning ham eng suyukli shoiriga aylanganini keng namoyon etdi.

Oflayn va onlayn shaklda o‘tkazilgan anjumanning yalpi yig‘ilishida “Maxtumquli ijodida ruhiy hayot va ma'rifiy-ma'naviy mavzular talqini”, “Maxtumqulining ko‘ngli”,  “Maxtumquli Firog‘iy ijodida ma'naviy va g‘oyaviy mavzular” kabi qator mavzularda qiziqarli ma'ruzalar tinglandi.

Anjuman Maxtumquli Firog‘iy — xalqlar do‘stligi kuychisi, Maxtumquli Firog‘iy ijodi: o‘zbek-turkman adabiy aloqalari, Maxtumquli ijodi lingvopoetikasi, global dunyo va turkiy olam: ilm-fan, ijtimoiy-falsafiy masalalar shu'balarida davom etdi.

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, shoir va tarjimon Mirzo Kenjaboyevga  “TerDUning faxriy professori” maxsus unvoni topshirildi. Mirzo Kenjaboyev jahon adabiyotining nafis durdonalari, shu jumladan, Maxtumqulining “Saylanma” asarlar to‘plamini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Qiziqarli muhokamalarga boy bo‘lgan anjuman yakunida muhokama etilgan mavzular yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda

  • 2024-07-25
  • 210

Test jarayonlarida Termiz davlat universitetining “Volontyorlar guruhi” a‘zolari faollik bilan ishtirok etishmoqda.

Batafsil

Termiz davlat universitetida bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

  • 2024-07-23
  • 293

Ushbu tadbirda universitet rektori ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladi va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Batafsil

Xalqaro migratsiya tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

  • 2024-07-22
  • 246

Termiz davlat universiteti va Xalqaro migratsiya tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Batafsil