Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-57-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-57-sonli Qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hozirda universitetda jami 250 nafar imkoniyati cheklangan talabalar tahsil olmoqda. ularning 129 nafari oʻgʻil bolalar, 127 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi.
1 – guruh nogironlari soni 61 nafar, 2 –guruh nogironlari soni -189nafar Koʻzi ojiz talabalar soni 111 nafarni tashkil etadi. Shundan 1 – guruh nogironi boʻlgan talabalar 56-nafar, 2-guruh nogironi boʻlgan talabalar 57 nafarni tashkil etadi. Koʻzi ojiz talaba qizlar soni 31 nafar Ushbu talabalarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida, oʻz guruhida tahsil olayotgan sogʻlom, har tomonlama faol boʻlgan talabalarga biriktirilgan.
Koʻzi ojiz talabalardan 62 nafar talabalar universitet hududidagi Talabalar turar-joylariga joylashtirilgan. Ushbu talabalarning 27 nafari oʻgʻil bola talabalar, 35 nafari qiz bola talabalarni tashkil etadi. Mazkur talabalar TTJ uchun har oyda toʻlanadigan oylik toʻlovlardan ozod etilgan.
Hususan Termiz davlat universitetiga qarashli talabalar turar joylarida pedagogik taʼlim sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining tegishli oʻquv dasturlariga muvofiq inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.
Imkoniyati cheklangan talabalar uchun alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar (shaxslar) toʻsiqsiz harakatlanishi uchun oʻquv binolari hamda talabalar turar joylarida zarur sharoitlar (binolarning kirish qismiga panduslar, tutqichlar va boshqalar) yaratila; ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mazkur talabalar sogʻlom va faol talabalarga biriktirilgan. Ijarada va oʻz uyida yashovchi imkoniyati cheklangan koʻzi ojiz talabalar tyutorlar tomonidan oʻrganilib, qizil va sariq hududlarda yashovchi talabalarni universitet talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Termiz davlat universitetida, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil
15 oktabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi
OʻRQ-641-sonli qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish, ularning muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb etishdan iborat.
Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli boʻlgan ushbu ayyomda mamlakatimizdagi bir millionga yaqin imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan fuqarolarimizga hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Mehr-muruvvatli va bagʻrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishni jamiyatda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.
Ana shunday ezgu anʼanalarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida soʻnggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish borasidagi davlat siyosati yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
Buning tasdigʻini “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingani, mamlakatimiz Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga qoʻshilgani, sohada mustahkam qonuniy baza yaratilgani misolida koʻrish mumkin.
Shu asosda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish, harakatlanish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, reabilitatsiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bogʻliq huquqlari taʼminlanmoqda.
Bu borada “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Yangi Oʻzbekistonda inklyuziv rivojlanish, yaʼni aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani muhim rol oʻynamoqda.
Biz ushbu yoʻnalishda nogironligi boʻlgan insonlar – jamiyatning toʻlaqonli aʼzolari, degan tamoyilga amal qilgan holda izchil ish olib bormoqdamiz.
Chindan ham, biz barpo etayotgan yangi, erkin va demokratik davlatda jamiyatning har bir aʼzosi bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, oʻz isteʼdod va qobiliyatini roʻyobga chiqarish, mehnat bilan band boʻlish uchun zarur imkoniyatlarga ega boʻlishi shart.
Ayni shu maqsadlarni koʻzlagan holda, Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan nogironligi boʻlgan talaba-yoshlarga universitet maʼmiriyati tomonidan Mehr ulashib aksiyasi davomida, sahovat xayriya tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.