O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot: transformatsion va innovatsion jarayonlar

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich vohamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishga alohida baho berib, Surxon vohasi nihoyatda ulkan va boy qadriyatlarga, yuksak ma'naviyatga beshik bo‘lgan mintaqa sanalishini alohida ta'kidlaganlar. Shu boisdan ham o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixida Surxon vohasining alohida o‘rni mavjud. Chunki Surxon vohasi tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladigan qadim maskandir.

2021 yil 21-22 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 78-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan, "O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va amaliy-texnik tadbirlar rejasi" ga ko‘ra Termiz davlat universitetida respublikamizning barcha hududlaridagi professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar ishtirokida "O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot: transformatsion va innovatsion jarayonlar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyani TerDU rektori A.Maraximov kirish so’zi ochib berdi hamda Surxondaryoning qadimiy obidalari, termiziy allomalar – Abu Iso Muhammad Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy ijodlarini o’rganish, yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil inson bo’lib shakllanishida tarixni bilishning ahamiyati, amaliyotga chiqayotgan talabalarning viloyat hududlarini mustaqil o’rganish, Surxon vohasining qadimiy Machay, Darband, Sayrob, Sina va Sangardak qishloqlariga alohida talabalar ekspeditsiyalarini uyushtirish, ushbu qishloqlarni o’rganish asosida talabalar etnografik markazlarini tashkil etish va ularning kelib chiqish tarixi, aholisining urf-odatlarini, iqtisodiyotini, madaniyatini, xalq og’zaki ijodiyotini o'rganish va bu jarayonda talabalarning 10 ta mustaqil ekspeditsiya guruhlarini tashkil etish taklifini bildirib o’tdi.

“O’rganish natijasida etnografik albomlar yaratish, videoroliklar tayyorlash va ushbu manbalarni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, muzeylarga, respublikning barcha oliy ta’lim muassasalariga taqdim etish, OTM lar bilan talabalarning mustaqil hamkorligini yanada mustahkamlash, viloyatning ichki va tashqi turizmini rivojlantirish, ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun tadqiqotchi guruhlarning zarur texnik vositalar bilan ta’minlab berish, moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash muhim vazifamiz”,- deya ta’kidladi.

Konferensiya uchta minbar: (jahon olimlar ilmiy nigohida, magistrlar va talabalar), yettita sho’baga bo’lingan holda tashkil etildi hamda 120 dan ortiq maqolalar qabul qilindi.

‌Konferensiyada to‘rtta xalqaro : Sant-Peterburg, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston olimlarining ham ilmiy izlanishlar va tadqiqotlari aks etgan maqolalar qabul.

Anjuman davomida Surxondaryo viloyati 80 yoshda-tarixiy manbalarda, antik va ilk o‘rta asrlar davri Farg‘ona vodiysining transmintaqaviy aloqalardagi o‘rni, Qashqadaryo vohasi etnografiyasi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda, mang‘itlar davri Surxon vohasi tarixining sovet davri tarixshunosligi, madaniyatning qadimiy ildizlarini o‘zida mujassam etgan millat oshxonasi (Surxon vohasi materiallari asosida) kabi mavzularda ma'ruzalar qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Хushxabar

  • 2024-10-18
  • 8

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Batafsil

 Konferensiya 

  • 2024-10-18
  • 9

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor. 

Batafsil

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”

  • 2024-10-17
  • 38

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.

Batafsil