Qadrli magistr boʻlish istagidagi yoshlar hamda ota-onalar!

Termiz davlat universiteti rektorining magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga yoʻllagan MUROJAATI

Qadrli magistr boʻlish istagidagi yoshlar hamda ota-onalar! 

Xabaringiz bor,  respublikamizdagi barcha oliy oʻquv yurtlarida 2021-2022 oʻquv yili uchun magistraturaga hujjatlar qabul qilinib, kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Sinovlarga oz fursat qoldi. 

 

2021-2022 oʻquv yili qabulida davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar boʻyicha test imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi. Chet tili boʻyicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.

 Kirish imtixonlarining ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun barcha choralar koʻrilmoqda. Hech bir shaxsning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. Shunday boʻlsada, ayni sinovli damlarda oramizda abituriyentlar va ularning ota-onalarini chalgʻituvchi kimsalar ham uchrab turishi, ular aldov yoʻli bilan katta pul evaziga imtihonlarda yordam qilish yoki magistraturaga oʻqishga joylab qoʻyishga vaʼda berishi mumkin. Ammo, xalqimiz orasida “haromning noni tatimas” degan naql bor. Umr davomida yaxshiliklarga xizmat qiluvchi magistrlik diplomi, uning darajasini qingʻir yoʻllar bilan pora evaziga qoʻlga kiritishga urinmang, firibgarlarning aldoviga uchmang. 

Har bir talabgor oʻz bilimi va iqtidoriga, mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida yoʻlga qoʻyilayotgan adolatga ishonishi darkor. Qilingan mehnat va harakat kun kelib, albatta, oʻz natijasini beradi. Demakki, Sizning ham olgan saboqlaringiz, egallagan bilimlaringiz sinovlarda oʻz natijasini koʻrsatadi. Buning uchun esa toʻgʻri yoʻldan adashmang. Toʻgʻrilik ortidan Siz albatta magistr maqomiga erishasiz!!! 

Aziz yoshlar! Ilm yoʻlidagi yuqori darajalardan biri boʻlgan–magistrlik darajasiga erishishda Sizlarga omad tilayman. Barchangiz uchun sinovlar muvaffaqiyatli kechsin. 

Avazjon Marahimov

Termiz davlat universiteti rektori

Foydali Havolalar

Yangiliklar

 Konferensiya 

  • 2024-10-18
  • 2

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor. 

Batafsil

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”

  • 2024-10-17
  • 36

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.

Batafsil

Termiz davlat universiteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

  • 2024-10-17
  • 18

Salohiyatli, iqtidorli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, IHMA faoliyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan tadbirda talabalarga "Keys menejment” faoliyati yoritilgan videorolik namoyish etildi.

Batafsil