O‘Z BILIMINGIZ VA IQTIDORINGIZGA ISHONING!

Respublikamizda ayni paytda 2021-2022-o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish jarayonlari yakunlandi. Ammo magistratura va o‘qishni ko‘chirish, tiklash bo‘yicha hujjatlar onlayn qabul qilinmoqda. 

Alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar olinishi belgilangan. Termiz davlat universitetida ham 29 iyuldan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi. Imtihon jarayonlarida, ya’ni baholash jarayonida universitetimizdan hech bir professor-o‘qituvchi ishtirok etmasligini alohida ta’kidlamoqchiman. Ushbu jarayonlarda respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlaridan mutaxassislar vazirlik buyrug‘i asosida jalb qilingan. 
Ayni kunlarda ayrim ota-onalarimiz va abituriyentlar o‘qishga kirish uchun qing‘ir yo‘llarni qidirib, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolayotgani haqida  OAVlarida materiallar e’lon qilinmoqda. 

Avvalgi murojaatlarimizda ham ta’kidlab o‘tganimizdek,  bunday aldovlarga ishonmasliklaringizni yana bir bor so‘rayman. Universitetda tanishi ishlashi va u orqali o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar firibgarlardir. Yuqorida aytib o‘tganimdek, barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga universitetimiz professor-o‘qituvchilari ishtirok etmaydi. Qolaversa, imtihonlarni ochiq, shaffof va adolatli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bevosita imtihon jarayonlarini ota-onalar onlayn kuzatib borishi mumkin. Shuningdek, jarayonlarni kuzatib borish uchun OAV xodimlari, blogerlar, deputat va jamotchilik vakillari ham taklif etildi. 

Aziz,  abituriyentlar!
Sizlarga qulay bo‘lishi va pandemiya sharoitini hisobga olib, yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlar shakllantirilib,  kirish vaqtlari ko‘rsatilgan. Har bir abituriyent belgilangan vaqtda imtihonlarga kirsa, avvalo, masofa saqlangan va  issiq ob-havo sharoitida kutib qolishlar ham bo‘lmas edi. Sizning sog‘ligingiz ham biz uchun muhim. 

Sizlardan, avvalo, o‘z bilimingiz va iqtidoringizga ishonishingizni so‘rayman. Tinimsiz izlanib, zarur bilimlarni egallagan va iqtidorli bo‘lsangiz, ishoningki, mehnatingiz ro‘yobga chiqadi. Siz, albatta, talaba bo‘lasiz.

Aziz farzandlarim! Sizlarga imtihonlarda muvaffaqiyatlar tilayman! Talabalik baxti barchangizga nasib qilsin! 

Avazjon MARAXIMOV,
Termiz davlat universiteti rektori, professor

Foydali Havolalar

Yangiliklar

2025/2026 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi, yangi o‘quv yili vazifalari belgilandi.

  • 2026-06-27
  • 22

Termiz davlat universitetida "2025/2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida ustuvor vazifalarni belgilash" mavzusiga bag‘ishlangan universitet Kengashining

Batafsil

TerDU vakili xalqaro hakamga aylandi!

  • 2026-06-27
  • 21

Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti dotsenti Ulug'bek Chariyev para yengil atletika bo'yicha xalqaro hakamlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro hakamlik sertifikatini qo'lga kiritdi.

Batafsil

Termiz davlat universiteti yosh olimi fan olamida yangi kashfiyot qildi!

  • 2026-06-27
  • 19

Termiz davlat universiteti jamoasi navbatdagi yirik ilmiy yutuqni faxr va iftixor bilan qarshi olmoqda. Universitetimizning yosh va iste’dodli olimi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilov Jamshed tomonidan olib borilgan ilmiy

Batafsil