Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

58
Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.

Abdug‘aniyev Otabek Allajonovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00
Telefon: +99890 644-11-22
Telegram: +99890 644-11-22

Biografiya:

2005-2009 yy. -Termiz davlat universitetining amaliy matematika va informatika mutaxasisisligi talabasi.

2009-2011 yy. -Boysun maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

2011-2013 yy. -Termiz davlat universitetining amaliy matematika va axborot texnologiyalari magistratura mutaxasisisligi magistranti.

2013-2015 yy. -Termiz davlat universitetining amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi.

2015-2018 yy. -Termiz davlat universitetining axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi

2018-2020 yy. -Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti.

2020-2020 yy. -Termiz davlat universitetining axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, o‘rindoshlik asosidi 0,5 shtat birligida axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

2020-2022 yy. -Termiz davlat universitetining axborot texnologiyalari fakulteti dekani.

2022 - h.v - Termiz davlat universitetining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori.

Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiyot jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha TerDU Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruq va farmoyishlarning bajarilishini tashkil qilish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid bo‘sh lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • TerDUni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
  • TerDU moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Reja-moliya bo‘limi, biznes maktablari, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • TerDUning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishni tashkil etish;
  • Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish hamda tegishli vazirliklardan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
  • TerDU xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
  • TerDU ning o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida TerDU ning moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
  • TerDU ga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • Shtat, byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • TerDU ning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
  • TerDU ning professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
  • Pulli kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
  • Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
  • Talaba va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
  • Universitet binolarini barqarorligini ta’minlash,yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
  • Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
  • Professor-o‘qituvchilar tomonidanta’lim oluvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalarini tashkil etish;

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Taʼlim rivoji yoʻlida imkoniyatlar kengaymoqda

  • 2023-09-23
  • 57

Har yili oʻtkaziladigan “Taʼlim, ishlab chiqarish va fan integratsiyasi – akademik samaradorlikning drayveri” rus-oʻzbek taʼlim forumlari Rossiya-Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va bir

Batafsil

"Startap" qanday loyiha? U talabalarga nima beradi?

  • 2023-09-23
  • 28

"Startap" loyihasi talaba yoshlarga ularning ilmiy innovatsion loyihalari ustida ish olib borish, mintaqaviy va xalqaro tanlovlarda sovrindor bo'lish va o'z biznesini yo'lga qo'yishga ko'maklashadi.

Batafsil

"Surxon yoshlari" jamoasi chorak finalga yo'l oldi

  • 2023-09-22
  • 44

Termiz shahrida joylashgan muhtasham San’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yubiley mavsumining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 11 ta jamoa ishtirok etib, festival tom

Batafsil