Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor

57
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori: filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Xoliyorov O‘ral Mengliyevich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 15:30 - 16:30
Telefon: 93 761-21-46
Telegram: 93 761-21-46

Biografiya

Xoliyorov O‘ral Mengliyevich 1979-yil 23-aprelda Boysun rayoni Gaza qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

Oliy ma’lumotli, 2001-yil Termiz davlat universitetida bakalavr bosqichini, 2005-yil magistratura bosqichini tugatgan. Lingvistika (o‘zbek) tili mutaxassisligiga ega. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Termiz iqtisodiy­-ijtimoiy kichik va o‘rta biznes kasb­hunar kollejida boshlab, 2022-yilgacha o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, 2002–2003-yillar Termiz akademik litseyida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

2006–2009-yillar Qarshi davlat universitetida o‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha aspiranturada o‘qigan. 2010–2017-yillar Termiz davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-yil oktabr oyidan Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish yuritgan.

2021-yil noyabrdan Termiz davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 3 ta lug‘at nashr etilgan, 20 dan ortiq tezislar e’lon qilingan.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2789 sonli “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Termiz davlat universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiya bo’yicha faoliyat olib boorish pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda TerDu Ustavi va Kengashi qarorlari, TerDU rektorining buyruqlari ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda universitetda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini hamda fan va texnika sohasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni muvofiqlashtirish, ustuvor, istiqbolli va ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil qilish faoliyatini amalga oshiradi.

Universitet fakultet va kafedralari, ilmiy laboratoriyalari va bo‘limlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishi nazorat qilish.

Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, fakultet va kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Universitet olimlarini chet el va davlat grantlari,innovatsion xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralar yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini ta’minlash.

Universitet bazasida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.

Fakultet va kafedralarda talabalar ilmiy to‘garaklari, yosh olimlar va talabalar jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish. Yosh olimlar va iqtidorli talabalarni mablag‘li ilmiy ishlarga jalb qilinishini muvofiqlashtirish.

Yosh olimlar, iqtidorli talabalar va magistrantlarning fan olimpiadalari, stipendiya tanlovlari va boshqa turli ilmiy tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash hamda ularni bu jarayonga maqsadli tayyorlashni tashkillashtirish. Iqtidorli yoshlarni fan olimpiadalari, Prezident nomidagi va atoqli shaxslar nomidagi stipendiyalarga tayyorlash va ularni faol ishtirokini ta’minlash.

Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash.

Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Taʼlim rivoji yoʻlida imkoniyatlar kengaymoqda

  • 2023-09-23
  • 57

Har yili oʻtkaziladigan “Taʼlim, ishlab chiqarish va fan integratsiyasi – akademik samaradorlikning drayveri” rus-oʻzbek taʼlim forumlari Rossiya-Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va bir

Batafsil

"Startap" qanday loyiha? U talabalarga nima beradi?

  • 2023-09-23
  • 28

"Startap" loyihasi talaba yoshlarga ularning ilmiy innovatsion loyihalari ustida ish olib borish, mintaqaviy va xalqaro tanlovlarda sovrindor bo'lish va o'z biznesini yo'lga qo'yishga ko'maklashadi.

Batafsil

"Surxon yoshlari" jamoasi chorak finalga yo'l oldi

  • 2023-09-22
  • 44

Termiz shahrida joylashgan muhtasham San’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yubiley mavsumining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 11 ta jamoa ishtirok etib, festival tom

Batafsil