O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

55
O`quv ishlari bo`yicha prorektor Fizika-matematika fanlari nomzodi,

To`rayev Rasul Nortojiyevich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 15:30 - 16:30
Telefon: (0376) 223-16-78
Telegram: +998762231678

Biografiya

1990-1991 y.-Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani A.Nabiyev nomli 37-sonli o’rta maktab o’qituvchisi

1991-1996 y.-Termiz davlat universiteti talabasi

1996-1998 y.-Termiz davlat universiteti “Matematik tahlil” kafedrasi o’qituvchisi

1998-2001 y.-O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika instituti aspiranti

2002-2003 y.-Termiz davlat universiteti “Differensial tenglamalar va geometriya” kafedrasi katta o’qituvchisi

2003-2004 y.-Surxondaryo viloyat hokimligi ijtimoiy majmuasi bosh mutaxassisi

2004-2005 y.-Termiz davlat universiteti “Differensial tenglamalar va geometriya” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi

2005-2008 y.-Termiz davlat universiteti “Differensial tenglamalar va geometriya” kafedrasi mudiri

2008-2009 y.-Termiz davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti dekani. (O’rindoshlik asosida “Differensial tenglamalar va geometriya” kafedrasi dotsenti)

2009-2010 y.-Termiz davlat universiteti o’quv metodik boshqarmasi boshlig’i. (O’rindoshlik asosida “Differensial tenglamalar va geometriya” kafedrasi dotsenti)

2010-2011 y.- O’zRFA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti katta ilmiy xodimi

2011-2014 y.-O’zMU qoshidagi Matematika instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. (O’rindoshlik asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Matematik analiz” kafedrasi dotsenti)

2014-2015 y.-O’zMU qoshidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi. (O’rindoshlik asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Matematik analiz” kafedrasi dotsenti)

2015-2018 y. -Matematika instituti katta ilmiy xodimi. (O’rindoshlik asosida  Toshkent Moliya instituti “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi dotsenti.)

2019-2021 y.-Matematika instituti katta ilmiy xodimi. (O’rindoshlik asosida Chirchiq pedagogika  instituti dotsenti.)

2021 y.- h.v. -Termiz davlat universitetining O’quv ishlari bo’yicha prorektori

.

1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

2. Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

3. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash;

4. Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, o’quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

5. Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

6. O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

7. Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

8. O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

9. Bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

10. O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

11. O’quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

12. O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

13. Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

14. Professor-o’qituvchilar va o’quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

15. Bo’sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

16. O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;

17. Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;

18. Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlash;

19. Kafedralar, fakultet va bo’limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o’tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

20. Oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

21. O’rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

22. Termiz davlat universitetini o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o’tkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Taʼlim rivoji yoʻlida imkoniyatlar kengaymoqda

  • 2023-09-23
  • 57

Har yili oʻtkaziladigan “Taʼlim, ishlab chiqarish va fan integratsiyasi – akademik samaradorlikning drayveri” rus-oʻzbek taʼlim forumlari Rossiya-Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va bir

Batafsil

"Startap" qanday loyiha? U talabalarga nima beradi?

  • 2023-09-23
  • 28

"Startap" loyihasi talaba yoshlarga ularning ilmiy innovatsion loyihalari ustida ish olib borish, mintaqaviy va xalqaro tanlovlarda sovrindor bo'lish va o'z biznesini yo'lga qo'yishga ko'maklashadi.

Batafsil

"Surxon yoshlari" jamoasi chorak finalga yo'l oldi

  • 2023-09-22
  • 44

Termiz shahrida joylashgan muhtasham San’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yubiley mavsumining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 11 ta jamoa ishtirok etib, festival tom

Batafsil