Noorganik va analitik kimyo kafedrasi

121

KAFEDRA MUDIRI :

KASIMOV SHERZOD ABDUZOIROVICH

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari: soat 10:00 dan 12:00 gacha
Telefon: +998907464016
Telegram: +998907464016

Noorganik kimyo kafedrasi 2022- yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 7 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 1 nafari fan nomzodi va 1 nafari kimyo fanlari falsafa doktori edi. Kafedrani kimyo fanlari doktori Kasimov Sh.A. boshqarib kelmoqda. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan.

Hozirda kafedrada 9 nafar professor o‘qituvchilar va 8 nafar doktorantlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Shulardan 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar dotsent, 2 nafar falsafa doktori ilmiy darajasiga ega katta o‘qituvchi , 1 nafat katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib,2024-2025 o‘quv yilida 2 nafar dotsent ichki o‘rindoshlik asosida,1 nafar dotsent tashqi o‘rindoshlik asosida ta’lim-tarbiya ishlariga jalb qilingan.

Bakalavriat:

60530100-Kimyo

60710100 - Kimyo muhandisligi (2025-yil)

Magistratura

70530101-Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

Noorganik kimyo

Kolloid kimyo

Kimyo tarixi

Kompleks birikmalar kimyosi

Umumiy kimyo

Kimyo

Kremniy va uning birikmalari kimyosi

Kimyoda kompyuter modellashtirish usulari

Kimyo o‘qitish metodikasi

Magistratura

Kimyoning zamonaviy muammolari;

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Kimyoda zamonaviy kompyuter modellashtirish usulari

Noorganik kimyoning istiqbollari va muammolari

Ilmiy-tadqiqot ishi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishAnalitik va fizik –kimyoviy tahlil usullari

Nodir metallar kimyosi va texnologiyasi

Kimyoviy ajratish va konsentrlash usullari

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

Noorganik kimyo kafedrasi qoshida 60530100 – kimyo ta’lim yo‘nalishi va 60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)bakalavriatura hamda 70530101-Kimyo –kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.

Kafedra kabinet mudirasi ( Sherqulova Sojida) ham faoliyat ko‘rsatadi. Kabinetda kompyuter va multimediya xizmatidan foydalanish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib qo‘yilgan.

Bundan tashqari Noorganik kimyo llmiy seminari va “Supramolekulyar noorganik kimyo” , “Kimyoda kompyuter modellashtish”, “Kompleks birikmakar kimyosi”, “Noorganik kimyo”, “Kimyoda kompyuter modellashtish fanidan amaliy mashg‘ulotlar”, “Metrologiya va materialshunoslik”, “Noorganik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari”, “Kimyo fanidan masalalar ishlash” togaraklari faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedrada A.Xolbayeva doktoranturada tahsil olmoqda, F.Mirzayeva, A.Xushboqov, T.Saidnazarov, O.Xudoynazarov, X.Toshboltayeva , S.Rasulova, D.Ishmurotovalar tayanch doktoranturada tahsil olmoqda.

2024- yilda Y.Nazarov va Sh.Mo‘minovalar kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qilishdi.

Barcha o‘qituvchilarning ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilgan.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta o‘quv qo‘llanma chiqarilgan. 2025- yilda xalqaro ilmiy jurnallarida 6 ta, Respublika miqyosida ilmiy jurnallarida 13 ta maqola, xalqaro ilmiy –amaliy anjumanlarida 18 ta, Respublika ilmiy-nazariy anjumanda 35 ga yaqin tezislar chop etildi.

Ilmiy maqolalar

Yangi kompleks birikmalar sintezi va fizik—kimyoviy xossalari, Oqova suvlarni tozalovchi yangi polimer sorbentlar olish, Antipiren antiseptik moddalar olish bo‘yicha tadqiqotlar asosiy ilmiy yo‘nalishlar hisoblanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Scopus, Web of Science, yuqori impact faktorli xorijiy jurnallarda 20 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etishgan. Ilmiy maqolalari Google Scolar, Crossref, Pubmed, elibrary, ciberleninka xalqaro ilmiy iqtoboslik tizimlarida e’tirof etilgan hamda kafedra professor-o‘qituvchilarining h-indekslari oshishiga asosiy omil bo‘lgan.

Kafedra mudiri prof. SH. Kasimov h-indeksi 5, kafedra o‘qituvchisi dots. Abul Monsur Showkot Hossain h-indeksi 8, kafedra katta o‘qituvchisi Y.Nazarov h-indeksi 2.

Kafedra o‘qituvchilari rahbarligida talabalar bir qator ko‘rik tanlovlar g‘olibi sanaladi. Kafedra o‘qituvchisi Y. Nazarov rahbarligida 2020-2021 o‘quv yilida Toshmirzayev Tohirbek kimyo fani bo‘yicha Respublika OTM lari orasida faxrli 1- o‘rinni egalladi.2024-2025 o‘quv yilida Mamashukorov Nuriddin (4-kurs bitiruvchi) kimyo fani bo‘yicha Respublika OTM lari orasida faxrli 2- o‘rinni egalladi.

Kafedradagi barcha fanlar bo‘yicha har o‘quv yilida ma’ruza matnlari, O‘UM yangilanib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, taqrizchilar belgilanadi, tasdiqlanadi va foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchilarida mashg‘ulotga kirishda quyidagi me’yoriy xujjatlar bo‘lishi talab etiladi.

Har bir fan bo‘yicha namunaviy fan dasturi, ishchi o‘quv dasturi, sillabus, ma’ruza matni, reyting ishlanmasi, laboratoriya hamda amaliy mashg‘ulotlarining hujjatlari mavjud.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Hamkorlik – ta’limda sifat va taraqqiyot garovi

  • 2025-09-30
  • 10

Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil

“Sizga ta’zim ustozlar”

  • 2025-09-30
  • 13

Bugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi

Batafsil

Bugun Termiz davlat universitetining barcha talabalar turar joylarida chinakam bayramona kayfiyat hukm surdi

  • 2025-09-29
  • 34

Mohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.

Batafsil