Hurmatli Termiz davlat universetetiga hujjat topshirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, ta’lim muassasasidagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 3-5-avgust kunlari quyidagi yo‘nalishlarda ertalabki soat 8:00 dan kechki 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Dizayn (milliy kostyum) taʼlim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlardan imtihonlarga D-1, D-2, D-3 guruhlarida ishtirok etuvchilar joriy yilning 3-avgust kuni, D-4, D-5, D-6 guruhlaridagilar 4-avgust kuni, D-7, D-8 guruhlaridagilar esa 5-avgust kuni Termiz davlat universitetining 2-o‘quv binosiga kelishlari so’raladi. 

Sport faoliyati (kurash) taʼlim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlardan imtihonlarga S-1, S-2, S-3 guruhlarida ishtirok etuvchilar joriy yilning 3-avgust kuni, S-4, S-5, S-6 guruhlarda 4-avgust kuni, S-7 guruhidagilar esa 5-avgust kuni Termiz davlat universitetining Sport majmuasiga kelishlari so’raladi. 

Termiz davlat universitetining taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlarga joriy yilning 5-6 avgust kunlari suhbat jarayonlariga universitetning 2-o‘quv binosiga kelishlarini ma’lum qilamiz.

Barcha abituriyentlardan imtixonlarga o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasporti), ko‘zi ojizlar esa qo‘shimcha ravishda ko‘zi ojizligini tasdiqlovchi hujjatlari bilan kelishlarini so‘raymiz.

Shuningdek, Dizayn (milliy kostyum) taʼlim yo‘nalishigi abituriyentlardan ijodiy imtihon uchun o‘quv qurollari bilan, Sport faoliyati (kurash) taʼlim yo‘nalishi abituriyentlaridan esa kurash kiyimlari bilan kelishlari talab qilinadi. 

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga bog‘lanishungiz mumkin:

 

 +998 76 228 01 20

 +998 76 221 74 04

 

Aziz abituriyentlar! Sinovlarga belgilangan kunlarda o‘z vaqtida kelishlaringizni so‘rab qolamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil